Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Madrid polisiyasi «Tottenxem» muxlislarini do‘pposladi

Madrid polisiyasi «Tottenxem» muxlislarini do‘pposladi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi Yevropa chempionlar ligasi final bahsi oldidan Madrid polisiyasi 4 kishini hibsga oldi.

31 may, juma kuni kechasi shahardagi Puerta-del-Sol qahvaxonasida mojaro yuzaga kelgan. Internetda tarqalgan videoda ko‘rinadiki, polisiya dubinka bilan qahvaxonaga kirib kelib, muxlislarni uradi.

Daily Mail tarqatgan xabarga ko‘ra, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari hech qanday sababsiz «Tottenxem»ning 50ga yaqin muxlislarini urgan. Ularning ko‘pchiligi jarohat olgan.

«Madriddagi chempionlar ligasi final bahsi arafasida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Buyuk Britaniyaning 4 fuqarosi polisiyaga hujum qilgani uchun hibsga olindi», – deyiladi polisiya matbuot xizmat tarqatgan bayonotda.

Qahvaxona xo‘jayinining fikricha, "Tottenxem" muxlislari "Liverpul" fanatlari sha’niga haqorat so‘zlarini aytishgan va baqirishgan. Shundan keyin ular polisiyani chaqirishgan, ammo polisiya haddan tashqari tajovuzkor harakat qilganini tasdiqlashdi.

"Shporlar" muxlislari esa boshqacha fikrda.

«Biz o‘zaro hazillashib va kulishib turgan edik. Shunchaki «Tottenxem» haqida gaplashib turgan edik. Kutilmaganda ikki nafar polisiyachi bizga tashlandi va bizni dubinka bilan ura boshladi. Ular buni hech qanday sababsiz amalga oshirishdi. Ularning aqli joyida emas shekilli», – dedi muxlislardan biri.

«Tottenxem» – «Liverpul» o‘yini bugun «Vanda Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 19:07, 01.06.2019.
O'qildi: 6297 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик