Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Yevropaning nufuzli sovrini «Liverpul»ga nasib etdi

Yevropaning nufuzli sovrini «Liverpul»ga nasib etdi

Baho:
+ | -1

Yevropa chempionlar ligasining ushbu mavsumi yakuniga yetdi. Bosh sovrin uchun Angliyaning ikki jamoasi — "Liverpul" va "Tottenxem" klublari kurash olib borishdi.

Final Klopp jamoasi uchun juda omadli boshladi. Ilk hujumdayoq Mane jamoadoshlari tomon uzatma berayotgani chog‘da to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Mussa Sissokoning qo‘liga tegib ketdi. Hakam ikkilanib o‘tirmasdan penalti belgiladi. Muhammad Saloh 11 metrli jarima zarbasini markaz bo‘ylab yo‘lladi va hisobni ochdi.

Mersisaydliklar bunday ssenariyni rejalashtirishganmi yoki yo‘qmi, bunisi aniq emas, ammo ular tezda hisobdan kelib chiqib o‘ynashga o‘tishdi. Klopp shogirdlari ishonchli himoyalanib, raqibning xato qilishi kuta boshlashdi. Qarshi hujumlar paytida "Liverpul"ning ikki qanot himoyachilari — Trent Aleksandr-Arnold va Endryu Robertson ikki marta olis masofadan zarba yo‘llashdi. Bir zarbaga biroz aniqlik yetishmagan bo‘lsa, ikkinchisini Lyoris bartaraf etdi.

"Tottenxem" esa tanaffusga qadar raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yarata olmadi. Ular so‘nggi uzatmani berishda aniqlik yetishmadi. Boz ustiga, hali formasini tiklay olmagan Xarri Keyn jamoasiga foyda bera olmadi.

Ikkinchi bo‘limda Pochettino tavakkalga qo‘l urib, yarim himoyachi o‘rniga hujumchi Lukas Mourani tushirdi. Londonliklar ikkinchi taymni ancha hujumkor o‘tkazib, ko‘plab zarbalarni yo‘lladi. "Liverpul" posboni Alisson Beker barcha zarbalarni qaytarib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Boz ustiga, o‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida mersisaydlar o‘yinga kiritgan burchak to‘pi samarali chiqdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘p uchun kurash oqibatida Origiga uzatma berildi. Belgiyalik futbolchi o‘tkir burchak ostida yerlatib zarba berdi va olis burchakni aniq nishonga oldi.

Shu tariqa, "Liverpul" o‘z tarixida 6 marta, Yurgen Klopp esa faoliyatida ilk marta Yevropa chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Yevropa chempionlar ligasi, final
Tottenxem Angliya – Liverpul Angliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 2, penalti Saloh, 0:2 – 87 Origi.
Tottenxem – Lyoris, Alderveyreld, Rouz, Trippyer, Vertongen, Alli (Lyorente, 82), Uinks (Lukas Moura, 66), Sissoko (Dayer, 74), Eriksen, Son Xin Min, Keyn.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Xenderson, Fabinyo, Veynaldum (Milner, 62), Mane (Gomes, 90), Saloh, Firmino (Origi, 58).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:57, 02.06.2019.
O'qildi: 8538 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.