Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

O‘rtoqlik uchrashuvi. Bugun Turkiya – O‘zbekiston

O‘rtoqlik uchrashuvi. Bugun Turkiya – O‘zbekiston

Baho:
+ | -

Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Antalya shahrida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu o‘yin terma jamoamiz uchun tarixiy hisoblanadi. Sababi shu paytga qadar Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi birorta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaganmiz. Bu o‘yin birinchisi bo‘ladi. 

Turkiya - O‘zbekiston uchrashuvi Alanya shahridagi "Alanya stadium" o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gunesh O‘zbekistonga qarshi o‘yinga terma jamoaning bir qator yetakchi futbolchilarini ham chaqirgan. Bugun bizga qarshi Turkiya terma jamoasi tarkibida Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Hoqon Chalxanoglu, shuningdek, Merih Demiral ("Sassuolo", Italiya), Chengiz Under ("Roma", Italiya), Yunus Malli ("Volfsburg", Germaniya), Jenk Tosun ("Everton", Angliya), Enes Unal ("Valyadolid", Ispaniya) kabi futbolchilar maydonga tushishlari mumkin.

Uchrashuvga bo‘lgan qiziqish nafaqat yurtimizda, balki Turkiyada ham juda katta. Shu bilan birga o‘yinni turk telekanallaridan tashqari, jahonga mashhur Eurosport telekanali ham jonli efirda namoyish qiladi. Yurtimizdagi muxlislar esa uchrashuvni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Umid qilib qolamizki, bugungi o‘yinda terma jamoamiz vakillari chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish qilib, yurtimizdagi futbol muxlislarini xursand qilishadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:17, 02.06.2019.
O'qildi: 8269 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик