Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

UYEFAning «Yil murabbiylari» Shenol Gunesh va Ektor Kuper: bugun kimning qo‘li baland keladi?

UYEFAning «Yil murabbiylari» Shenol Gunesh va Ektor Kuper: bugun kimning qo‘li baland keladi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta Turkiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur ikki terma jamoani ikki mashhur murabbiy - Shenol Gunesh va Ektor Kuper boshqarmoqda.

Bu murabbiylar o‘z faoliyatlari davomida qanday natijalarga erishgan? Keling, yodga olamiz.

Shenol Gunesh 67 yoshda. Faoliyati davomida "Beshiktosh", "Trabzonspor", "Antalyaspor" kabi Turkiyaning bir qator jamoalari, shuningdek, Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasida ishlagan. Turkiya terma jamoasini avvaliga 2000-2004 yillar boshqargan, keyin joriy yil qaytadan bosh murabbiy sifatida tayinlangan.

"Trabzonspor" klubi bilan Turkiya vise-chempionligiga erishgan, shuningdek, Turkiya Kubogi va Turkiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. "Beshiktosh"ni Turkiya chechmpioniga aylantirgan. 2007-2008 yilgi mavsumda Janubiy Koreyaning "Seul" jamoasi bilan kumush medallarga ega chiqqan.

Uning eng katta natijasi - 2002 yil Janubiy Koreya va Yaponiya mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Turkiya terma jamoasi bilan bronza medallarini qo‘lga kiritgani hisoblanadi. Mazkur natija uchun UYEFA 2002 yil Shenol Guneshni "Yilning eng yaxshi murabbiyi" sifatida e’tirof etgan.

Ektor Kuper 63 yoshda bo‘lib, u faoliyati davomida Argentina, Ispaniya, Gruziya, Gresiya, Turkiya, BAA, Misr kabi mamlakatlarda murabbiy sifatida klub va terma jamoalarni boshqargan. Argentinaning "Lanus" jamoasi bilan 1996 yil KONMEBOL Kubogini qo‘lga kiritgan. Ispaniyaning "Malyorka" va "Valensiya" jamoalari bilan ikki marta Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘lgan. Italiyaning "Inter" jamoasiga mamlakatning kumush medallarini qo‘lga kiritishda yordam bergan. Kuperning eng katta yutug‘i sifatida 2000 va 2001 yillar "Valensiya" jamoasi bilan ikki marta ketma-ket Yevropa chempionlar ligasi finaliga yetib borgani qayd etiladi. Aynan mana shu natijasi uchun u 2000 yil UYEFAda "Yil murabbiyi" sovriniga ega bo‘lgan. 1999 yil Kuper Ispaniyada ham yil murabbiyi deb topilgan. Shuningdek, terma jamoamizni hozirda boshqarayotgan mutaxassis Misr terma jamoasini uzoq yillik tanaffusdan so‘ng 2018 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy sifatida ham tarixdan joy olgan.

Ko‘rib turganingizdek, bu ikki murabbiy o‘z nomiga va o‘z yutuqlariga ega. Har ikkisi ham Yevropaning eng kuchli murabbiyi sifatida e’tirof etilgan. Umid qilib qolamizki, bugungi o‘yinda Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish qilib, muxlislarni xursand qilishadi! 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:55, 02.06.2019.
O'qildi: 3736 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.