Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Transfer olamidagi eng so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi eng so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Hozirda ko‘hna qit’aning top-klublari o‘z tarkibini kuchaytirib olish haqida bosh qotirishayotgani hech kimga sir emas. Bugun transfer bozoridagi so‘nggi yangliklar bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz.

«Real Madrid» Beyldan qutulishning yangi uslubini topdi!

«Qirollik klubi» rahbariyati qaysar futbolchini maydonga tushurmoqchi emas. Uning jamoa safida bor ekanligi jamoaning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblayotgan Madrid superklubi Beylni sotib yuborish uchun yangi variantni o‘ylab topdi. Ular uelslik futbolchini Pol Pogba transferiga aralashtirishmoqchi. Ya’ni klub Pogba uchun so‘ralayotgan summaning bir qismi sifatida Beylni taklif qiladi deb xabar bermoqda «The Times» nashri. «Real Madrid»ning transferlar uchun mablag‘i to‘liq yangi jamoa tuzish uchun kamlik qilishi sababli, klub bir nechta futbolchilarni sotishga majbur bo‘lmoqda. Yuqorida zikr qilingan nashrning xabar berishicha, agarda «Manchester Yunayted» Beylni o‘z tarkibida ko‘rishni istamasa, «Real Madrid» Hames yoki Navasdan birini Pogba uchun beriladigan summaning bir qismi sifatida taklif qilib ko‘radi. «Real Madrid» qanday uslubda bo‘lsa-da, moliyaviy qulay shartnoma tuzish payida!

«PSJ» Kulibalining ishqida yonmoqda!

Mana bir necha yillardan beri Yevropaning top-klublari e’tibor markazida turgan himoyachiga «PSJ» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Parijliklar himoyachi xarid qilish niyat qilishmoqda. Hozirda Kuilibalining transfer summasi yuz milliondan oshib ketgani sababli ko‘plab klublar undan voz kechishga majbur bo‘lishmoqda. «PSJ» klubida esa, istalgan futbolchini xarid qilish imkoniyati mavjud. Klub Kulibalini qo‘lga kiritish maqsadiga yeta olmasa, «Ayaks» klubi markaziy himoyachisi va sardori De Ligtni o‘ziga og‘dirib olishga urunib ko‘radi,  deb yozmoqda «Telegraf» nashri.

«Atletiko Madrid» yangi kashfiyot arafasida

Matraschilar «Fenerbahche»ning makedoniyalik futbolchisi  Elif Elmas bilan jiddiy qiziqib qoldi, deb xabar tarqatmoqda «NTV Sport» nashri. Unda aytilishicha, yosh iqtidor egasining transfer summasi 14 millioni tashkil etadi va tez orada «Atletiko Madrid» klubi futbolchi bilan shartnoma imzolaydi. Eng qizig‘i shundaki, turk klubi Elifni o‘tgan mavsumda 180 ming yevroga xarid qilgan edi. Iqtidorli futbolchining ajoyib o‘yinlari turkiyalik muxlislarda iliq taassurot qoldirayotganiga qaramasdan, futbolchi o‘sishi uchun kuchliroq chempionatga o‘tishi lozim, deydi Elif Elmasning agenti.

Adriyen Rabyo tobora grandlardan uzoqlashmoqda!

Parij klubi bilan kelishmovchiliklar sababli erta xayrlashgan futbolchi o‘zi uchun qulay variant izlashda davom etmoqda. Erkin agentga aylangan fransuzga APLning ikki klubidan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Hozirda rasmiy taklif bilan «Everton» futbolchiga murojaat qilgan bo‘lsa, shu kunlarda «Manchester Yunayted» futbolchi bilan aloqaga chiqadi deb yozmoqda «Telefoot» nashri. «Qizil iblislar» Pogba ketadigan bo‘lsa, markaz kuchsizlashib qolmasligi uchun Rabyoni xarid qilishni mo‘ljallagan bo‘lsa, «Everton» yangi mavsum oldidan tarkibini butunlay yangi darajaga olib chiqmoqchi.  Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz! Biz  bilan qoling!
                       
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:11, 03.06.2019.
O'qildi: 31021 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик