Hujumchi Luka Yovich “Real”ga transferi haqida gapirdi.
“Ayntraxt”ni tark etish oson bo‘lmadi, ammo“Real” oldimda katta eshik ochib turgandi. Bu ko‘chib o‘tish meni kuchli bo‘lishga undaydi. Mening orzum amalga oshdi”, -deydi Yovich.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi madridliklar bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. “Real” serbiyalik futbolchi uchun 60 millionov yevro va 5 million yevro bonuslar tariqasida to‘ladi.