“Lasio” yarim himoyachisi Lukas Leyva Fransiya klubining nazarigi tushdi.
L'Equipe nashrining xabar berishicha, Leyvaning xizmatiga “Marsel” qiziqish bildirayotgan ekan. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash o‘z jamoasida braziliyalik futbolchini ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi o‘tgan oy “Lasio” bilan shartnomasini uzaytirgan edi.