Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Chempionlar Ligasidagi omadsizlar

Chempionlar Ligasidagi omadsizlar

Baho:
+ | -

Sayyoramizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri sanaladigan Yevropa Chempionlar Ligasining qadri tobora oshib bormoqda. Futbol yangi asr boshida biznesga aylangach, klublarning dunyo reytingidagi o‘rni ayni shu musobaqadagi ishtiroki bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qolgani hech kimga sir emas. Unda g‘alaba qozonish doimo yoqimli, biroq qancha urunsang ham hayotda har doim ham omad kelavermaydi.  Bugun nufuzli musobaqaning so‘nggi yillardagi eng omadsiz jamoalari haqida so‘z boradi.

«Manchester Siti»

2010-yilda Shayx Mansur qo‘l ostiga o‘tgan «Manchester Siti» klubi mana qariyb 10 yil davomida APLda bir necha bor chempionlikni qo‘lga kiritishni uddasidan chiqdi. Shunday bo‘lsada,  klubning jahon bozorida ishlari havas qilgulik darajada emas. Klub uchun qancha sarmoya sarflashsada, ular hamshaharlariga mashhurlik borasida yeta olishmayapti. Ayni shu kamchilikni bartaraf etish uchun «Man Siti» klubi YCHLda g‘alaba qozonishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi va ishga jiddiy kirishdi. Bu musobaqada so‘nggi yillarda bir necha bor chempionlikni qo‘lga kiritgan Pep Gvardiolaning kelishi ham aynan YCHLda g‘olib chiqish uchun tashlangan jiddiy qadam edi. Afsuski, kuchli mutaxassis ham jamoaga yordam bera olmayapti. Shu kunga qadar klubning eng yaxshi natijasi Pelegrining davridagi yarim final bo‘lib turibdi. Gvardiola esa Play-off bosqichida «Monako», «Liverpul» singari klublar to‘sig‘idan o‘ta olmagan bo‘lsa, bu mavsumda kamtarin «Tottenhem» ularni azaliy orzudan mahrum qildi. Darhaqiqat, klub tomonidan ajratilayotgan pullarni inobatga olib natijaga qarasak, omadsizlikni darrov sezasiz.

«Atletiko Madrid»

Diyego Simione qo‘l ostiga o‘tgan «Matraschilar» o‘yinida keskin o‘zgarish kuzatiladi va klub sekin-asta emas, katta tezlikda Yevropa grandlari qatoriga qo‘shilib oladi. Ayniqsa, 2014-yilgi mavsumda jamoa 18 yillik tanaffusdan so‘ng, «Barselona» va «Real Madrid»dek grand klublarni sezilarli farq bilan ortda qoldirgancha «La Liga»da chempionlikni qo‘lga kiritadi va YCHL finaliga qadar ortiqcha qiyinchilisiz yetib keladi. Ispancha yoki Madridcha o‘tgan  final yakuniga soniyalar qolgan bir paytda ham Simione shogirdlari azaliy raqiblaridan hisobda oldinda borishardi, biroq… Qolganini hamma yaxshi bilsa, ajab emas. Oradan ko‘p o‘tmay jamoa so‘nggi kuchini yig‘ib yana finalga qadar yetib keladi. Ularni har doimgidek «Real Madrid» kutib oladi. To‘liq teng kurashlarda o‘tgan o‘yinda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan «Atletiko Madrid» yana chempionlikdan quruq qoladi. Eng achinarlisi shundaki, «Atletiko Madrid» kichik byudjet bilan ham top klub yaratish mumkinligini isbotlashi uchun bir necha bor urungan bo‘lsada, buni uddasidan chiqa olmadi. Ajoyib mavsumlardan so‘ng klub birin-ketin o‘z futbolchilarini sotib yuborishni boshladi va jamoa yana o‘rtamiyonalar safiga qo‘shilib qoldi.

Ektor Kuperning omadsiz «Valenciyasi»  

Hozirda O‘zbekiston terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Ektor Kuper yangi asr boshida Ispaniyaning «Valenciya» klubi bilan shov-shuv ko‘targan va ikki bor YCHL finaliga qadar yetib borgan edi. Birinchi finalda «Real Madrid» bilan to‘qnash kelgan «Valensiya»ga tajriba yetmagan bo‘lsa, ikkinchi finlada ochiqchasiga omad ulardan yuz o‘girgan edi. «Bavariya» bilan kechgan asabiy uchrashuvda g‘olib aniqlanmagach, jamoalar futbol lotareyasida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. O‘sha uchrashuvda Kuper shogirdlari kuchli ko‘ringan bo‘lsada, penaltilar seriyasida nemis klubi Oliver Kanning ajoyib o‘yini evaziga chempionlikni  qo‘lga kirtadi. Kuperning «Valenciya»si  esa, ko‘p o‘tmay kuchli klublar tomonidan talon-tarojga uchraydi va xalqaro turnirlarning finalida boshqa ko‘rinish bermay qo‘yadi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 11:13, 09.06.2019.
O'qildi: 5601 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.