Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Oston Urunov: «Maydon chimi sababli o‘yinni jarohat bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldim»

Oston Urunov: «Maydon chimi sababli o‘yinni jarohat bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldim»

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Oston Urunov saytimiz uchun  qisqa intervyu berdi.

Oston avvalambor g‘alaba muborak. Uchrashuv haqida fikringiz, o‘yin qanday o‘tdi?

- O‘yin yaxshi bo‘ldi deb o‘ylayman. Murabbiyning ko‘rsatmalarini aniq amalga oshirib ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Stadiondagi muhit ham o‘yinga yarasha bo‘ldi.Bunday muhit yaratib bergani uchun muxlislarga katta rahmat.

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoaga ilk marta chaqirildingiz. Ektor Kuper haqida qanday fikrdasiz?

- Kuper juda ajoyib inson. Futbolchilarning ko‘ngliga juda tez yo‘l topa oladi. U futbolchilar har tomonlama mukammal bo‘lishini xohlaydi. Murabbiylik faoliyatiga keladigan bo‘lsak, hammasi ajoyib . Bu yig‘inda o‘zim uchun ko‘p narsalar o‘rgandim.

Ektor Kuper bilan JCH-2022ga chiqa olamizmi?

- Ha, Xudo xohlasa chiqamiz. Biz futbolchilar ham buning uchun borimizni berib harakat qilamiz.

“Milliy” stadionning chimi yangilangandan so‘ng ikkita o‘yin o‘tkazildi. Sizningcha, stadionning maysasi bunday o‘yinlarga tayyormidi?

- Maydon chimini yaxshi demagan bo‘lardim. Maydonning chimi sababli kecha uchrashuvning boshida darvozaga zarba beraman deb jarohat oldim va shu tariqa o‘yinni jarohat bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldim.

Jaloliddin Qobiljonov yozib oldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:15, 12.06.2019.
O'qildi: 7307 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик