Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

O‘FA rahbariyati murabbiylarning kamchiliklar bo‘yicha fikrlarini tingladi

O‘FA rahbariyati murabbiylarning kamchiliklar bo‘yicha fikrlarini tingladi

Baho:
+ | -

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan yig‘ilishda klublar bosh murabbiylari, akademiyalar rahbarlari, Professional futbol ligasi vakillari mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Xabaringiz bor, kuni kecha vazirlik hamda O‘FA rahbariyati Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgan edi. Bu jarayonda bir qator kamchiliklar va muammolar aniqlangani bor gap. Shu maqsadda bugungi yig‘ilishda hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari direktorlari ham ishtirok etishdi va ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, qolaversa, tarbiyalanuvchilarning akademiyani tamomlagach klublar safiga borib qo‘shilishida uzilishlar bo‘lmasligini ta’minlash uchun bevosita klublar bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishdi.

Qolaversa, kamchiliklarni bartaraf etishda jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hukumat tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

Shuningdek, Superliga klublari vakillari o‘zlarini qiynayotgan aksariyat masalalar bo‘yicha murojaat etishdi. Qolaversa, sport boshqaruvi hamda klublar yoki akademiyalarda faoliyat olib boradigan menejer mutaxassislar tayyorlash uchun xalqaro futbol tashkilotlaridan amaliy ko‘mak so‘rash bo‘yicha takliflar ham bildirildi.

Bundan tashqari joriy yilgi Musobaqalar Reglamentining ayrim bandlaridan xulosa qilgan holda kelasi mavsum uchun ba’zi o‘zgartirish yoki to‘ldirishlar kiritish bo‘yicha taklif va mulohzalar ham taqdim etildi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi futbol jamoatchiligi, xususan, klublar tomonidan milliy futbolimiz hamda ichki chempionatimiz saviyasini ko‘tarishga xizmat qiladigan har qanday takliflarni o‘rganib chiqish va amalga tatbiq etish uchun ochiq, bundan buyon har qanday murojaat albatta atroflicha o‘rganib chiqilishi ta’minlanadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:44, 24.06.2019.
O'qildi: 2890 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.