Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Neymar ketishi borasidagi savollarga oydinlik kiritdi

Neymar ketishi borasidagi savollarga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

Fransiya OAV tomonidan tinimsiz yo‘lanayotgan savollardan charchagan Neymar « LE quipe» nashriga kichik intervyu berishga qaror qildi. Ushbu intervyuni bugun e’tiboringizga taqdim qilishga qaror qildik.

«PSJ»da o‘tgan 2 yilimni kariyeramdagi eng yorqini deya olmayman. Sababi, 2 bor YECHLning 1/8 bosqichida yurishimizni to‘xtatdik. Har ikki holatda ham biz raqiblarimizdan  kuchliroq edik. Afsuski, natija biz kutmagan tomonga burilib ketdi. Mavsumning hal qiluvchi uchrashuvlarida maydonga tusha olmaslik menga juda o‘g‘ir botdi. Boz ustiga, so‘nggi paytlarda jarohatlarim ham ko‘p bezovta qilmoqda. Bir qarashda og‘ir tuyulsada, bu har qanday futbolchi uchun normal holat. Men hujumda o‘ynayman va doim menga nisbatan qo‘pol o‘yin ko‘rsatishga urunishadi.

Hozirda o‘rtoqlik uchrashuvida olgan jarohatimni davolash bilan bandman. Jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lgachgina yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuboraman. O‘ylashimcha, yangi mavsum o‘tgan ikki mavsumga nisbatan quvonchliroq o‘tadi.

Tan olaman, «Barsa»ni, do‘stlarimni sog‘inyapman. Buni berkitishni istamayman. Vaqt topishim bilan ular bilan uchrashishga urunaman. Yigitlar ham meni iliq qabul qilishadi. Ayniqsa, Messi va Suarez bilan do‘stligimiz hozirgi kunga qadar yaxshi. Biz jonli bo‘lmasda, har kuni gaplashib turamiz.

Men «Barselona»ga qaytmoqchiman. Bu haqida bundan avval ham aytgan edim. To‘g‘risi, «Barselona»ni sog‘indim va «PSJ»ga o‘tib katta xatoga yo‘l qo‘ydim. Shunday bo‘lsada, Parijdagi faoliyatim mobaynida ko‘plab narsalarni o‘rgandim va bu yerda o‘tgan umrimga sira achinmayman, lekin «Barselona» klubida bu vaqtim anchagina yoqimliroq o‘tgan bo‘lar edi. Meni bu yerda tinimsiz ayblashadi. Motivasiyaning qolmaganligida, o‘yinlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yishda, bee’tiborlikda…

Bunday ayblovlarning asosiy sababi deya jarohatlarni ko‘rsatgan bo‘lar edim. Aks holda, futbolga bo‘lgan chanqoqligimni namoyish etgan bo‘lar edim. Shaxsiy fikrimcha, Parij klubida chempionlik uchun xohish pasayib ketgan.
Men «Barselona»da to‘p surgan chog‘larimda jamoadoshlarim «Barselona» klubdan kattaroq narsa deb o‘rgatishgan edi. Bu so‘zlarning ma’nosiga undan ketibgina tushundim. «PSJ»dagi jamoadoshlarim iqtidorli va harakatchan yigitlar, biroq bu futbolchilar «Barselona»dagi atmosferani yaratishga qodir emas.

«PSJ» bu yangi loyiha holos. Bu loyihada hamma o‘zini yorqinroq ko‘rsatishga urunadi va ko‘rpani o‘ziga tortaveradi. Shu yo‘sinda super yulduz maqomiga chiqishni istashadi. Bu esa o‘z navbatida Ispaniya va Angliya klublari tomonidan qiziqishning ortishiga sabab bo‘ladi. Bu ketishda «PSJ» futbolchilarning katta klublarga o‘tishi uchun eng so‘nggi bekatga aylanib qoladi deb qo‘rqaman. Bu jamoa hech qachon chempoinlik uchun kurash olib bora olmaydi. Sababini yuqoridagi so‘zlarimdan tushunib oldingiz, degan umiddaman.
Men shu so‘zlarni Nosir Al-Halayfiga ham aytdim. U so‘zlarimni noto‘g‘ri tushundi va uzoq yillik iliq munosabatlarga putur yetdi.
Men «PSJ»da qolamanmi? Bu savolning javobi aniq, yo‘q! Agarda boshqa klubga o‘tadigan bo‘lsam, bu «Barselona» bo‘lishini juda istayman. Shunday bo‘lsada, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi. Hozircha bor e’tiborimni o‘z sport formamni tiklab olishga qarataman.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 08:36, 26.06.2019.
O'qildi: 18123 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик