Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+1 | -1

Ushbu rukndagi eng qaynoq ma’lumotlarni berishda davom etamiz.

Pike ishga kirishdi

 “«Barselona» klubi himoyachisi Pike  «Ayaks» himoyachisi Mattiyes De Ligt bilan shaxsan uchrashdi”, - deb xabar tarqatmoqda «Mundo Deportivo» nashri. Himoyachilar do‘stona aloqada gollandiyalik himoyachining kelajak rejalari borasida fikr almashishdi. Pike De Ligtni «PSJ» tomonidan taklif etilayotgan katta summaga uchmaslikka va super futbolchi bo‘lib yetishishi uchun albatta «Barselona» klubiga o‘tishga chorladi. De Ligt Pikening so‘zlarini o‘ylab ko‘rishga va’da berdi.
Shuningdek, «Barsa» himoyachisi «Atletiko Madrid» klubi hujumchisi Antuan Grizmanning transferi borasidagi muzokaralarning to‘liq yakunlanganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Barsa» Grizman variyantidan to‘liq voz kechdi va o‘z e’tiborini Neymarning transferiga qaratadigan bo‘ldi. Braziliyalik futbolchidan tashqari «Napoli» klubi himoyachisi Fabian Ruiz ham

Katoloniya klubi nishonida turibdi

«Seviliya» yetakchisi «PSJ» nishonida
Andalusiya klubi hujumchisi Sarabia Parij klubining nishonida turibdi. «AC» nashrining xabar berishicha, Parij klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi.  Bundan tashqari «PSJ» klubi «Seviliya» klubi bilan futbolchining transfer narxi borasida ham kelishib oldi. Unga ko‘ra fransuz klubi Sarabia uchun 20 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerak-ki, Sarabia «Seviliya» klubi safida 101 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 26 gol muallifiga aylandi. Shuningdek uning hisobida 30 ta asist ham mavjud.

«PSJ» Dani Alvezning o‘rinbosarini topdi

Dani Alvezning yoshi o‘tib borayotgani sari «PSJ» himoyachi uchun munosib o‘rin bosar topdi deb xabar bermoqda «Goal» nashri.  Unga ko‘ra Parij klubi Nelson Sameduni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, «PSJ» «Barselona» uchun 30 million atrofida pul o‘tkazib berishiga to‘g‘ri keladi.
Hozirda Sameduning Katoliniya klubi bilan 3 yillik shartnomasi mavjud. Futbolchining o‘zi «Barsa»ni tark etish niyyatida. U yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi.

«Tottenhem»dan navbatdagi kamtarona xarid

“«Shporlar» «Renn» klubi futbolchisi Benjamin Burigo bilan jiddiy qiziqib qoldi”,- deb xabar tarqatmoqda «Estadio Deportivo» nashri. Manbaada aytilishicha, «Tottenhem» klubi bu mavsumda ham katta trasnferlarni amalga oshirmaydi va o‘z loyihasining rejasi bo‘yicha harakatlanishda davom etadi.
Benjamin Burgioga «Shpor»lardan tashqari, «Lion», «Napoli» singari klublardan ham takliflar bor. Futbolchining o‘zi esa APLda to‘p surmoqchi. Shu kunlarda futbolchining agenti va London klubi mutasaddilari o‘rtasida muzokaralar boshlanadi.

«Napoli» klubi  «Roma» bilan kelishuvga erishdi

«Napoli» klubi rahbarlari Rimning «Roma» klubi himoyachisini qo‘lga kiritishning yo‘lini toptdi. Kostas Manolasning transferi borasidagi mish-mishlarga bugun nuqta qo‘yildi.
«Napoli» gresiyalik futbolchi uchun 16 million yevro va o‘z himoyachisi bo‘lgan Amadu Diavarani beradi. «Napoli» klubi ustozi Karlo Anchelotti o‘z jamoasida Manolasni ko‘rishni juda istayotgan edi va bu transfer shu kunlarda rasman amalga oshadi – deb xabar bermoqda «Napoli» klubining rasmiy sayti.

«Arsenal»ga himoyachi kerak

«Seltik» klubi himoyachisi Kiran Tirni «Arsenal» klubining qiziqish doirasiga tushib qoldi.  «To‘pchilar» Shotlandiya klubi uchun 18 million yevro taklif qilishgan va rad javobini olishgan edi. “«Arsenal» futbolchini qo‘ldan chiqarib yubormaslik uchun o‘z taklifini yanada kattaroq summa bilan yangilab jo‘natish arafasida”, – deb xabar tarqatmoqda «Mirror» nashri.
«Real Madrid» Pogbani xarid qilmasa…
«Qirollik klubi» Pol Pogbaning transferidan voz kechmoqchi va o‘z e’tiborini to‘liq «Ayaks» yarim himoyachisi salaladigan Donni van De Bekga qaratish niyyatida. Sababi, transfer summasining katta qismi va ulkan maosh so‘rayotgan futbolchi o‘rniga Zidan jamoaga kelajagi porloq deb hisoblanilayotgan 22 yoshlik van De Bekni harid qilish taklifini oldinga surgan.
Futbolchining o‘zi va jamoasi «Real Madrid»ning har qanday takliflariga eshiklari ochiq ekanligini bayon qildi.
Hozirda gollandiyalik futbolchining transfermarketdagi narxi 40 million bo‘lsada, endilikda «Real Madrid» biroz ko‘proq to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 17:27, 26.06.2019.
O'qildi: 20688 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.