Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza 0-1 Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Neymar Mbappening nafratiga uchradi

Neymar Mbappening nafratiga uchradi

Baho:
+ | -1

Braziliyalik futbolchining «Barselona» klubiga qaytishi tobora aniqlashib bormoqda. Uning o‘zi rasman «Barsa»da to‘p surmoqchi ekanligini ma’lum qilganidan xabaringiz bor. Aynan shu sabab Katoloniya klubi Grizman transferidan voz kechdi va bor e’tiborini Neymarga qaratdi. Azaliy raqiblari Eden Azarni tarkibiga qo‘shib olayotgan bir paytda, «Barselona» klubi ham o‘z super yulduzini ortga qaytarish payiga tushib qolganidan xabaringiz bor. Bugun Neymarning klubdan ketishi borasida jamoadoshlari tomonidan bildirlgan fikrlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Buffon

Neymarsiz Parij klubi katta havf ostida qolishi aniq. Sababi, Neymar jamoaning o‘yinini belgilab beruvchi futbolchi sanaladi. To‘g‘ri, undan tashqari jamoada Mbappe, Kavani, Veratti singari top yulduzlar ham mavjud, lekin Neymarning ketishi jamoa uchun og‘ir bo‘lishi  aniq. Endi Parij klubi mutasaddilari ishga kirishmog‘I zarur. Neymarning ketishi jamoaga ta’sir o‘tkazmasligi uchun yangi futbolchilarni xarid qilish zarur.

Veratti

Neymarsiz «PSJ» bu  - Messisiz «Barselona»degandek gap!  «PSJ»ga Messini olib kelishning iloji yo‘q va aynan shu sababli bizga Neymar zarur. Men Neymar nima uchun bunday qilayotganini tushuna olmayapman. Ayni damda uning o‘zini tutishi meni hayron qoldirmoqda. Axir u hozir bizning almashtirib bo‘lmas o‘yinchimiz bo‘lsa, unga Parijda nima yetishmaganiga tushuna olmadim.
U futbol dahosi! Daholarning qarorini muhokama qilish esa oddiy insonlar uchun emas!

Tomas Tuxel

Neymar ketgach biz boshimizni changallab qolmaymiz. «PSJ»ning o‘yini bir futbolchi atrofida qurilmagan. Sababi, mening futbol falsafam bilan futbolchi atrofida jamoa tuzish umuman boshqa-boshqa narsa!  Neymar yakunlangan mavsumning katta qismini jarohatlari sababli o‘tkazib yubordi.
Uning yo‘qligi bizga zarracha ta’sir o‘tkazgani yo‘q. Neymarning ketishidan fojia yasashga ham xojat yo‘q. Futbolchilarning kelib-ketishi odatiy holat. Hozir biz uning qolishini emas, balki boshlanayotgan mavsumni qanday o‘tishi haqida o‘ylasak to‘g‘riroq bo‘lar edi. Boshlanadigan mavsumni Neymarsiz yoki Neymar bilan o‘tkazishimizning deyarli farqi yo‘q!

Kavani

Men uning ketishi borasidagi masalada Parijda suhbatlashgan edim. Hozir «Kopa Amerika» musobaqasida gaplashganimizcha yo‘q. Men shuni aniq ayta olmanki, u nima qilayotganini aniq biladi. Hozir unga oson emas. Umid qilamanki Neymar jarohatlaridan forig‘ bo‘ladi va yana o‘z formasini tiklab oladi.
Agarda u ketishni istasa, demak u shuni xohlamoqda. U shuni xohlayaptimi? Demak aynan shu narsa Neymar uchun foydali!

Mbappe

Neymarning ketishi jamoaga umuman ta’sir o‘tkazmaydi. Qaytanga jamoadagi manfiy energiya tarqalib ketadigan bo‘ldi. Sababi, ko‘plab futbolchilar uning ketishi evaziga tushunmovchiliklardan forig‘ bo‘ladi. U boshqa klubga o‘tishni istab to‘g‘ri qaror qabul qilibdi. Sababi, Neymar bu yerda hech  narsa qila olmadi va qila olmaydi ham. Uning ortiqcha fintlari va driblinglarisiz ham jamoa kuchli bo‘lib qolaveradi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 18:59, 26.06.2019.
O'qildi: 18878 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.