Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Davron Fayziyev: «Mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman...»

Davron Fayziyev: «Mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman...»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Bunyodkor» o‘yinidan so‘ng, mezbonlar ustozi Davron Fayziyev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugungi uchrashuv haqida to‘xtalsangiz...

- Avvalambor, OAV xodimlarini o‘tgan bayramlari bilan tabriklayman. Bugungi va uch kun avvalgi «Yashnobod»ga qarshi va bugungi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. Bugun ham «Lokomotiv» kabi yuqori saviyadagi jamoaga qarshi o‘ynadik va bugun ham g‘alaba qozonishni xohlagandik. Bugungi mag‘lubiyatda balki men aybdorman, chunki mag‘lubiyat murabbiyniki bo‘ladi. Markaziy himoyada qo‘pol xatolar qildik. Mag‘lub bo‘ldik, lekin futbolchilarimga mehnat qilganlari uchun rahmat deyman. Menimcha, bugungi bahsda durang adolatli natija bo‘lardi.

- “Dinamo”ning uy uchrashuvlaridagi yoqimli an’anasi buzildi...

- Biz uyimizdagi uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchramay, o‘z darajamizdan yuqori sakray olgandik. Ya’ni, hamma bizni Pro-Liga klubi, autsayderga aylanadi, deganda hattoki 3-o‘rin uchun kurashib, “planka”ni yuqoriga ko‘targandik. Birinchi davrani yil boshida kimdir menga turnir jadvali o‘rtasida tugatasilar deganida, men bunga qarshi bo‘lmasdim. Hozir esa “planka”ni ko‘targanimiz uchun davrani yanada yuqoriroq o‘rinda yakunlashni istagandik.

- Jamoaning bugungi mag‘lubiyatida kubokdagi “Yashnobod”ga qarshi mag‘lubiyat ta’siri qay daraja bo‘ldi?

- “Yashnobod”ga qarshi kubok uchrashuvida men o‘yin amaliyoti bo‘lmagan zaxira futbolchilarga imkoniyat berdim, ammo ular ishonchni oqlay olishmadi. O‘shanda jamoamiz o‘yindan oldin raqibni ruhan mag‘lub etgandi. Bunda mening ham aybim bor, jamoani har taraflama tayyor qila olmaganim uchun. Tarkibimizda o‘zgarishlar bo‘lishi aniq. Ammo, goleadorlar ham, yaxshi saviyadagi futbolchilar ham katta pullar evaziga kelishi mumkin. Biz esa faqat imkoniyatimiz darajasida bo‘lgan futbolchilarni taklif eta olamiz.

- Bugungi uchrashuvda hakamlar o‘yin tizginini qo‘ldan boy berishdi...

- Bugungi hakamlarga jiddiy e’tirozim yo‘q, faqat bitta e’tirozim - hali qo‘shimcha vaqt tugab bo‘lmay biz jarima tepishimiz kerak bo‘lganda o‘yinni tugatib qo‘yishdi. Eshitishimcha, bugungi hakamni OFK vakillari kuzatishgan. Bahoni o‘shalar berishadi. U yana bir vaziyatda avval jarima zarbasi belgilamoqchi bo‘ldi, lekin keyin o‘yinni davom ettirdi. Penalti borasida hali aniq fikr ayta olmayman.

- Davralar oralig‘ida tarkibda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l uriladimi?

- Bugun raqib jamoa safida Lutfulla To‘rayev va Anvar G‘ofurov tajribali futbolchilar sifatida o‘yinni boshqarishdi, yoshlar ular ortidan ergashdi. Ular maydonda murabbiyning barcha ko‘rsatmalarini bajarishdi. Biz ham himoya, tayanch yarim himoyasi, hujumni kuchaytira oladigan futbolchilarni topshimiz va raqobatni oshirishimiz kerak.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 09:21, 29.06.2019.
O'qildi: 2297 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик