Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Salah jamoada qoladimi? Jamoadoshlari qanday fikrda?

Salah jamoada qoladimi? Jamoadoshlari qanday fikrda?

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi va’da qilgan super futbolchilarni hali beri o‘z tarkibiga qo‘shib olganicha yo‘q. Klub direktori yangi mavsumda jamoa bir nechta yangi futbolchilar bilan ishtirok etishi borasida bayonot bergan edi. So‘nggi kunlarda «Yuve»ning bor e’tibori «Liverpul» klubi hujumchisi Salahga qaratilganidan xabaringiz bor. «Keksa seniora» uni qo‘lga kiritish uchun «Liverpul» klubiga Dibalani qo‘shib berishga ham tayyorligini rasman e’lon qildi. Salahning o‘zi ham Italiyada to‘p surishga qarshi emas.  Uning jamoadoshlari bu masalada qanday fikrda? Bugun aynan shu savolga javob topishga urunib ko‘ramiz.

Jeyms Milner

 «Liverpul» kuchli va qudratli klub. Bu jamoada yuqori saviyadagi futbolchilar to‘p suradi. Shunday bo‘lsada, Muhammad ulardan bir bosh balandroq desam, adashmagan bo‘laman. Sababi, eng muhim pallalarda u ma’suliyatni o‘z bo‘yniga ola biladi va bu ishni juda yaxshi uddalaydi. Men uning klubda qolish yoki ketish borasidagi istalgan tanlovini qo‘llab-quvvatlayman. Har qanday futbolchi uchun kuchli klublarda to‘p surish doimo yoqimli bo‘lib kelgan. Agarda, u ketadigan bo‘lsa, men uni faqat yoqimli xotiralar bilan eslab yuraman.

Nabi Keyta

Salah maydon ichida ham, tashqarisida ham yaxshi inson. Uning mehnatkashligiga qoyil qolmasdan ilojingiz yo‘q. U alohida mashq o‘tkazishni istasa, doimo meni birga mashq qilishga taklif qiladi. U meni o‘sishimni istaydi. To‘g‘risini aytsam, u meni o‘z ukasidek ko‘radi va doimo o‘z maslahatlarini ayamaydi. Muhammadning atrofida mish-mishlar tobora ko‘payib borayotganidan xabarim bor. Bu odatiy hol. Sababi, Salah o‘z pozisiyasida dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. Agarda unga «Yuventus» yoki «Real Madrid» singari klublardan taklif tushsa, men hayron bo‘lmayman. Istalgan klub uni o‘z tarkibida ko‘rishni xohlaydi.

Alison

U ajoyib futbolchi. Uning to‘p bilan muomala qilishini tomosha qilish doimo zavqlidir. Salah o‘yin tashqarisida ortiqcha gapirmaydi va hammasini maydonda ko‘rsatadi. Uni shuning uchun ham xurmat qilaman. Mashg‘ulotlarda ko‘pincha unga qarshi o‘ynashga to‘gri keladi. Yashirib o‘tirmayman , bu juda mushkul. Gap shundaki, uning nima qilmoqchi ekanligini oldindan bilishning sira iloji yo‘q. Salahning «Yuventus»ga o‘tishi borasida shubham bor. Sababi, hozir uni hamma narsa qoniqtirmoqda. Ayni damda  bir o‘zimizning eng yuqori darajamizga chiqib boryapmiz va bizda yana sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoni mavjud.

Virjil van Deyk

Agarda Salah o‘z o‘yinini kuchaytirishni istasa, jamoada qolishi shart va «Yuventus»ning taklifini unutishi lozim. Biz Klopp qo‘l ostida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishimiz mumkin. Hozir bizda bunday imkoniyat mavjud va biz bundan foydalanashimiz kerak. Uning «Yuventus»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar tobora haqiqatga aylanib bormoqda. Men o‘z so‘zlarimni yana qaytaraman: u boshqa klubga o‘tmasligi zarur. Ayniqsa, «Yuve»ga!  Gap shundaki, «Yuventus»da Ronaldu bor va u juda manman yigit. Jamoaning o‘yini aynan portugaliyalikning atrofida quriladi. Bunday sxemada Salahning o‘yini ochilib ketmasligi aniq. Salah aqilli yigit. O‘ylaymanki, u o‘zi uchun to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 09:46, 29.06.2019.
O'qildi: 5540 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.