“Spartak”ning sobiq yarim himoyachisi Denis Glushakov faoliyatini “Axmat”da davom ettiradi.
32 yoshli futbolchi “Axmat” bilan “1+1” sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Yaqin vaqt ichida rossiyalik futbolchi yangi jamoasining yig‘iniga qo‘shiladi.
Glushakov yilliga 1 mln yevro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Glushakov o‘tgan hafta “Spartak” bilan shartnomasini bekor qildi.