Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yosh merganlarimiz Toshkentda saralandi

Yosh merganlarimiz Toshkentda saralandi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Toshkent shahrida kamondan otish bo‘yicha Respublika birinchiligi yakuniga yetdi. Yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan mamlakat chempionatida yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin yosh merganlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar 70 metr masofadan nishonni poylash bo‘yicha baxslashdilar.

Natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida Shohjahon Abdulhamidov, qizlar o‘rtasida esa Ziyodaxon Abdusattorova eng yaxshi natijani qayd etishdi. Jamoaviy yo‘nalishda farg‘onalik merganlar mikst yo‘nalishida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsalar, yigitlar va qizlar bahsida poytaxt vakillariga teng keladigani topilmadi.

Eslatib o‘tamiz, kamondan otish bo‘yicha kattalar terma jamoasi 3-14 iyul kunlari Neapol shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjaxon talabalar universiada musobaqasida ishtirok etadi. Shuningdek, mazkur Respublika musobaqasi joriy oy Madrid mezbonlik qiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi oldidan sportchilarimizning holatini yana bir bor sinovdan o‘tkazib olish imkoniyatini berdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:26, 01.07.2019.
O'qildi: 2107 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.