Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 1-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

“Real” 50 million yevrolik transferni amalga oshirishga yaqin

“Real” 50 million yevrolik transferni amalga oshirishga yaqin

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi Dortmundning “Borussiya” jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekni sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “qaymoqranglilar” uchun himoya markazini kuchaytirish yozgi transfer oynasidagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, germaniyalik futbolchi “asalarilar” bilan shartnomani uzaytirishni rad etgan, shu sababli klub uni kelayotgan yozda sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

So‘nggi haftalarda “Real” 26 yoshli himoyachini faol kuzata boshladi. “Qirollik klubi” Shlotterbekning “Borussiya” o‘yinidagi hissasi va Germaniya terma jamoasining asosiy futbolchisi sifatidagi maqomini yuqori baholamoqda. Ta’kidlanishicha, himoyachining Madridga o‘tishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillardan biri — ikki klub rahbariyati o‘rtasidagi iliq munosabatlardir.

“Borussiya” Shlotterbekni taxminan 50 million yevroga baholamoqda. Ma’lumot uchun, germaniyalik himoyachi joriy mavsumda dortmundliklar safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevro etib belgilagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:33, 21.02.2026.
O'qildi: 2706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик