"Inter" hujumchisi Sebastyano Espozito professional futbolga qadam qo‘ydi.
"Inter" matbuot xizmati xabar berishicha, 17 yoshli italiyalik futbolchi "Inter" bilan yangi shartnoma imzoladi.
Fubolchining yangi shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi "Inter" yoshlar jamoasida to‘p surib kelgan.