Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Amerika kubogi-2019. Messi chetlatilgan o‘yinda Argentina bronza medalini qo‘lga kiritdi

Amerika kubogi-2019. Messi chetlatilgan o‘yinda Argentina bronza medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -1

Avvalgi ikkita Amerika kubogi musobaqasining finalida to‘qnash kelgan Argentina va Chili terma jamoalari, bu safar 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishdi. Avvalgi uchrashuvlardan farqli ravishda "albiseleste" raqibidan qasos olishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo bu galgi o‘yin "qahramoni" hakam bo‘ldi.

Uchrashuv argentinaliklar uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Bahsning 12-daqiqasida Messi tomonidan amalga oshirilgan jarima to‘pi natijasida Aguero himoyachilardan qochib ketdi va darvozabonni dog‘da qoldirdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib Paolo Dibala hisobdagi farqni oshirib qo‘ydi.

Bu paytga kelib Chili terma jamoasi yetakchisi Aleksis Sanches jarohat olib maydonni tark etgan edi. Bahsning 37-daqiqasida esa Lionel Messi va Gari Medel chiziq yonidan to‘p uchun kurash olib borishdi va to‘p maydonni tark etdi. Medel esa Messi tomon keldi va unga bosh bilan zarba berishga harakat qildi. Natijada har ikkala futbolchi ko‘krak orqali bir-biriga urilishdi. Hakam esa ularning har ikkalasiga qizil kartochka ko‘rsatdi. VAR tizimida ishlayotganlar referiga qandaydir ma’lumotlarni yetkazishdi, ammo hakam vaziyatni qayta ko‘rishni istamadi.

Ikkinchi taym o‘rtalarida esa hakam VAR yordamida Argentina darvozasi tomon penalti belgiladi. Arturo Vidal esa undan samarali foydalanib, hisobni bittaga qisqartirdi. "Albiseleste" yirik hisobda g‘alaba qozonishi mumkin edi, ammo Aguero ikki marta qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

Shu tariqa, Argentina g‘alabani ushlab qoldi va o‘z uyiga bronza medallari bilan qaytadigan bo‘ldi.

Amerika kubogi-2019, 3-o‘rin uchun o‘yin
Argentina – Chili 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 12 Aguero, 2:0 – 22 Dibala, 2:1 – 59, penalti Vidal.
Argentina – Armani, Foyt, Pesselya, Otamendi, Talyafiko, de Paul, Paredes, Lo Chelso (Funes Mori, 90), Messi, Dibala (Di Mariya, 67), Aguero (Suares, 81).
Chili – Aryas, Medel, Xara (Maripan, 50), Dias, Pulgar, Isla, Bosejur, Arangis (Kastilyo, 83), Vidal, Vargas, Sanches (Fernandes, 17).
Ogohlantirishlar: Bosejur (16), Vidal (26), Pulgar (45), Pesselya (57), Paredes (63), Foyt (79), Talyafiko (90).
Chetlatishlar: Medel (37), Messi (37).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:45, 07.07.2019.
O'qildi: 6138 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.