“Spesiya” hujumchisi Devid Okereke “Bryugge” klubiga o‘tdi.
Belgiya klubi nigeriyalik futbolchini 8 mln yevro evaziga sotib oldi. Ta’kidlab o‘tish joiz, Okereke “Bryugge” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli futbolchi “Kozensa” safida ijara asosida o‘ynashga ham ulgurdi.