“Milan” klubi hujumchisi Kshishtof Pyontek kelasi mavsumda yangi raqamda harakatlanadi.
24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum 19-raqamda o‘ynagan edi. Endi polshalik futbolchi 9-raqam ostida o‘ynaydi. Bu haqda futbolchi o‘zining instagram sahifasida e’lon qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Pyontek “Milan”ga “Jenoa”dan o‘tdi. U rossenerlar safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi.