“Liverpul”ning sobiq hujumchisi Deniel Starrijning itini qaytarishadi.
29 yoshli futbolchining Los-Anjelesdagi o‘yini dushanba kuni o‘marib ketilgan. O‘g‘rilar nafaqat qimmatbaho buyumlarni, balki uning itini ham o‘g‘irlab ketishgan.
Starrij itini qaytargan odamga 20-30 ming dollar to‘lashga tayyor edi. Biroq chorshanba kuni tongda futbolchining iti topilgan. Hozircha itni kim topgani noma’lum, lekin polisiya hech kimni hibsga olmagan.