Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni xohlayotgan Doston Ibragimov bilan intervyu

Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni xohlayotgan Doston Ibragimov bilan intervyu

Baho:
+ | -

Superliganing joriy mavsum kashfiyotlaridan biri bu “Buxoro” futbolchisi Doston Ibragimov, albatta. Transfer huquqi “Paxtakor”ga tegishli bo‘lgan Ibragimov joriy mavsumni buxoroliklar safida boshladi. Doston bir nechta uzoq masofalardan ajoyib gollar urib buxorolik muxlislar ko‘nglidan joy oldi va jamoasining asosiy figuralaridan biriga aylandi.

Dostonning sa’yi harakatlari bekorga ketmadi. Ektor Kuper futbolchini iyun oyidagi milliy terma jamoa yig‘iniga taklif qildi. Ibragimov Turkiyaga qarshi o‘yinda terma jamoada debyut qilgan bo‘lsa, KXDR termasiga qarshi o‘yinda bahsni asosiy tarkibda boshladi va o‘z nomiga bitta assist yozdirib qo‘ydi. Suriyaga qarshi o‘yinda ham Ibragimov ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi. Terma jamoamizning yangi a’zosi Doston Ibragimov bilan suhbat uyushtirdik.

- Doston odatiy savol bilan boshlaymiz. Ibragimov millionlar o‘yiniga qanday kirib kelgan?

- Menimcha, futbol har bir erkakning yoqtirgan sport turi hisoblansa kerak. Men ham shu 1-sinfdan boshlab ko‘chalarda o‘zimdan yoshi katta bollar bilan futbol o‘ynab yurardim. Yozgi ta’tilda ota -onam meni bekor yurmasin deb, suzish yoki futbol to‘garaklariga bermoqchi bo‘lishgan. Otam kelib, menga “O‘g‘lim “So‘g‘diyona” stadioni yaqinida Gabrilov degan murabbiy bor ekan, ertadan shunga borasan” degandilar shu bilan futbolga kirib kelganman. Oilamizda hamma futbolga qiziqadi.

- Demak, birinchi murabbiyingiz Gabrilov. Bu inson haqida gapirib bersangiz.

- Ha, birinchi murabbiyim Vladimir Petrovich Gabrilov bo‘lgan. U kishi o‘z kasbini juda yaxshi ko‘rar edi. Meni shu darajaga yetib kelishimga u insonning hissalari katta. Men u insonga qancha yaxshiliklar qilsam ham kam, murabbiyimga kattakon rahmat aytaman.

- “Paxtakor”ga qanday kelib qolgansiz?

- Men aslida “Mash’al” tarbiyalanuvchisiman. 2011 yilda Buxoroda o‘tkazilgan respublika birinchiligida “Paxtakor” ham qatnashgan edi. O‘shanda pley-off bahslarida “Paxtakor”ga qarshi o‘ynaganmiz, mazkur o‘yinda hujumda o‘ynab gol  urgan edim, ammo jamoamiz penaltilar seriyasida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi. Shundan so‘ng, 2013 yil Jasur Abduraimov meni “Paxtakor”ga chaqirgan. Shu tariqa “Paxtakor”ga kelib qolganman.

- Joriy mavsumni “Buxoro”  safida boshladingiz va bir nechta uzoq masofalardan ajoyib gollar urdingiz. Uzoq masofadan gol urish bo‘yicha alohida shug‘ullanasizmi?

- Mening fikrimcha, har bitta futbolchi mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng 15-20 daqiqa qolib o‘z ustida ishlaydi. Shuningdek, men ham mashg‘ulotlardan keyin qolib, uzoq masofalardan zarba berish bo‘yicha shug‘allanaman.

- “Buxoro”ning joriy mavsumdagi omadsizliklar haqida nima deya olasiz?

- “Buxoro”ga kelsak, menimcha Baxtiyor Ashurmatov mavsum avvalida kuchli bo‘lmasa ham Superligada kurasha oladigan jamoa tuza olgandi. Faqatgina bizga ayrim o‘yinlarda omad yetishmadi desam to‘g‘ri ham noto‘g‘ri  bo‘ladi. Sababi jamoa tarkibi yangi shakillangan edi, murabbiydan birdaniga natija talab qilish menimcha noto‘g‘ri edi. Muhimi jamoa ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatayotgandi. Murabbiyga vaqt berishi kerak edi. Menimcha, viloyat jamoalarining  yuqori o‘rinlarga kurashmasliklariga asosiy sabab ham shu deb o‘ylayman. Oddiy misol “Nasaf”ni olaylik necha yildan buyon yetakchi futbolchilar jamoani tark etishiga qaramay, qo‘rqmay o‘zining yoshlariga ishonch bildiradi va natijani o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Jamoaning ichki muhitiga keladigan bo‘lsak, ichki muhitni yangilash kerak. Mana yangi murabbiy Muhsin Muhammadiyev keldi. Ishonaman, bu inson bilan jamoa Superligada o‘z o‘rnini topa oladi.

- Baxtiyor Ashurmatov va Muhsin Muhammadiyev o‘rtasida qanday farq sezdingiz?

- To‘g‘risni aytsam ikkala murabbiy bilan ham kam vaqt ishladik. Bir jihatni aniq ayta olaman  Ashurmatov himoyaviy qattiqo‘l murabbiy, Muhsin Muhammadiyev esa futbolchilarning ko‘ngliga qaraydigan, hujumkor futbolni yoqtiradigan murabbiy.

- Doston Ibragimov Superligamizning bu mavsumdagi kashfiyotlaridan biri desam, adashmagan bo‘laman. Mavsum avvalida “Buxoro”da bu darajaga erishishingizga ishonganmidingiz?

- Ha, albatta, men shuning uchun ham “Buxoro”ni tanlagandim. Menda boshqa variantlar ham bor edi.

- Ikkinchi davrada ham “Buxoro”da qolasizmi?

- Buni vaqt ko‘rsatadi. Xozirda bir nechta jamoalardan takliflar bo‘lyapti yaxshilab o‘ylab ko‘rmoqchiman.

- “Buxoro”dagi o‘yinlaringiz sabab terma jamoadan ham chaqiruv olishga erishdingiz, sizningcha terma jamoadan chaqiruv olish uchun o‘zini ko‘rsatish kerakmi yoki klubning muvaffaqiyati muhimmi?

- Siz maydonda bir o‘zingiz harakatlanmaysiz-ku. Futbol jamoaviy o‘yin. Unda jamoadoshlarning yordami bilan siz o‘zingizni ko‘rsatishingiz mumkin. Menimcha, o‘zini ko‘rsatgan har bir futbolchi terma jamoadan chaqiruv olishga va o‘ynashga haqli.

- Sizningcha ayni damda terma jamoadagi yetakchi futbolchi kim?

- Menimcha Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov.

- Faraz qiling Osiyo kubogi finali.  90+4 daqiqa hisob 0:0, hakam bizning foydamizga penalti belgiladi kimga ishonar edingiz: Odil Ahmedov yoki Eldor Shomurodov?

- (kuladi) Bu savolingizga javob bera olmayman. Bu futbol bunda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

- Ektor Kuperni 3ta so‘z bilan tariflang.

- Uning qo‘lidan keladi!

- Terma jamoa yig‘inada 3ta o‘yinda maydonga tushdingiz. Sizningcha qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynash qiyinroq bo‘ldi?

- Turkiya termasiga qarshi o‘yin qiyin o‘tdi.

- Horij futbolidan qaysi futbolchi va klubning muxlisisiz?

- “Real Madrid” muxlisiman. David Vilya Krishtianu Ronalduning o‘yinlari yoqadi.

- “Real Madrid”ning o‘tgan mavsumdagi omadsizliklariga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

- Bilmadim, bu haqida bir narsa deyish qiyin.

- Doston Ibragimovning eng katta orzusi?

- Jahon chempionatiga chiqish va Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish.

- Mazmunli suhbat uchun katta rahmat!

- Suhbat so‘nggida “Buxoro” muxlislariga, Baxtiyor Ashurmatovga va jamoa xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

 Jaloliddin QOBILJONOV suhbatlashdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:55, 16.07.2019.
O'qildi: 4878 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.