Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi «Lokomotiv U-21»ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi «Lokomotiv U-21»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi. Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in o‘tkazdi.

Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 iyuldan Toshkentda yig‘inga kirishgan edi. Bosh murabbiy terma jamoa o‘zagini shakllantirish va terma jamoaga nomzod futbolchilar harakatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu yig‘inga jami 30 nafar futbolchi chaqirishga qaror qildi.

Yig‘in mobaynida 3 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan edi. Bugun so‘nggi o‘yin o‘tkazildi. Unda terma jamoamizga “Lokomotiv U-21” jamoasi raqiblik qildi. Qiziqarli kechgan o‘yinda yoshlar terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Sinov-nazorat uchrashuvi
O‘zbekiston yo.t.j. – “Lokomotiv U-21” 2:1
Gollar: Ibrohim Ibragimov (49), Husain Norchayev (87) – Ibrohim G‘anixonov (20).
O‘zbekiston yo.t.j: Amal Shavketov, Alibek Davronov, Jovohir Jo‘rayev, Saidazamat Mirsaidov, Xurshid Ubaydullayev, Bekzod Shamsiyev, Ibrohim Ibragimov, Diyor Holmatov, Abdulaziz Abdusalomov, Asilbek Obidov, Alisher Odilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mo‘minmirzo Qodirov, Eldor Begimov, Doston Tursunov, Ulug‘bek Aknazarov, Husain Norchayev, Tohir Rafayelov, Bobur Sobirov, Asilbek Qayumov, Mirjalol Mirzayev, Muhammadaziz Ibrohimov, Islom Abdullaxonov.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ertaga o‘z nihoyasiga yetadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:53, 17.07.2019.
O'qildi: 2728 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик