Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishtirishda davom etamiz

«Tottenhem» transfer bozorida faollashdi

Kuni kecha o‘z qanot himoyachisini «Atletiko Madrid»ga sotgan «Tottenhem» klubi uning o‘rniga boshqa futbolchini nishonga oldi.
«Shporlar»ning e’tiborni «Roma» klubi himoyachisi Alessandro Folorenziga qaratishgan. Hozirda «Roma» jamosi ustozi bilan kelisha olmayotgan italiyalik futbolchi boshqa jamoada to‘p surish ishtiyoqida yonmoqda. Boz ustiga, «Tottenhem» klubi mavsum oldidan saviyali qanot himoyachisini sotib olmasa, himoyada muammolar tug‘ilishi turgan gap. «Ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar tez orada start oladi», - deb xabar tarqatmoqda «Mirror» nashri.

«Barselona» davom etadi

«Barselona» klubi transfer bozorida qanday qilib bo‘lsada pul ishlashga harakat qilmoqda. Ular bu yilgi transferlar chog‘ida   futbolchi sotish borasida rekordlarini yangilashlari mumkin. Gap shundaki, «Barselona» yaqindagina «Eybar» klubidan 4 million yevroga harid qilingan Mark Kukurelyani sotuvga qo‘ydi.  Uni qo‘lga kiritishni istayotgan klublar 10 million yevro to‘lashlari shart. Shunday bo‘lsada, futbolchi uchun ikki klub jiddiy kurash olib bormoqda. Ulardan biri «Milan» bo‘lsa, ikkinchi «Borussiya Dortmund» klubi.
«Barselona» o‘z futbolchisini sotish orqali o‘z transfer nishonini keskin o‘zgartirmoqchi. «Barsa» «Betis» klubi himoyachisi Xunior Firpo bilan muzokaralar olib boroqda. Ular futbolchini Xordi Albaning o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.

«Real Madrid» va Pogba seriali davom etadi

Shu kunlarda «qirollik klubi» jamoaning yangi xaridlari borasida kelishuvga erishdi. Unga Pol Pogba sotib olinadigan bo‘ldi. Endi fransiyalik futbolchining trnasferi amalga oshishi uchun «qaymoqranglilar» Beyl, Sebalos, Isko, Xamesni sotib yuboradi. Undan tushgan pullarga esa Pogabaning transferi amalga oshiriladi. «Klub sifatli yarim himoyachiga juda muhtoj bo‘lgani va shaxsan Zidanning iltimosiga ko‘ra ushbu qarorga kelindi», - deb xabar bermoqda «Marca» nashri

Neymar kariyerasini davom ettirishi mumkin bo‘lgan klublar nomini aytdi

«Mundo Deportivo» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi har qanday holatda ham jamoada qolmaydi va u agenti bilan 3 ta klub variyantini ko‘rib chiqmoqda. Agarda futbolchini «Barselona» xarid qilmasa, Neymarning kelajagi Turinning «Yuventus» klubi bilan bog‘lanishi mumkin. Gap shundaki, uning otasi va klub rahbariyati bir necha kunlardan beri uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Futbolchining o‘zi ham Italiyada to‘p surish orqali bo‘lsada YCHLda g‘olib chiqishni niyat qilmoqda.
Futbolchi uchun 3 – variyant sifati uning agenti Germaniyaning «Bavariya» klubini tavsiya etgan. Manba tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Myunhen klubi rahbarlari futbolchi bilan bir necha bor yashirin uchrashgan va uni  o‘z klubiga chorlagan. Shunchaki futbolchining juda yuqori tavon puli sababli bu transfer kechroq amalga oshishi mumkin.

«Milan» futbolchisiga «APL»dan takliflar mavjud

Italiyaning «Milan» jamoasi yarim himoyachisi Frenk Kessiye o‘z faoliyatini APLda davom ettirishga juda yaqin turibdi. Hozirda unga bir necha APL klublari qiziqish bildirmoqda. «Milan» rahbariyati fil suyagi yurtidan bo‘lgan futbolchining transferi ortida 40 million yevro ishlab olishni maqsad qilga. Hozirda  futbolchi uchun «Tottenhem», «Vest Hem» va «Everton» klublari rasmiy taklif bilan chiqqan.
 «Milan» Kessiyening o‘rnini «Empoli» klubi futbolchisi Ismoil Bennasir bilan to‘ldirishni niyat qilgan.

«Barselona» braziliyalik futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

Braziliyaning «Santos» klubi futbolchisi Tailson «Barselona» futbolchisiga aylanishi mumkin. Gap shundaki, 20 yoshli futbolchi  klubi bilan yangi shartnoma tuzishni istamagan va «Barselona» klubi agentlari bilan uchrashib o‘z kelajagini to‘liq hal qilgan. Agarda tomonlar to‘liq kelishuvga erishsa, Tailson yangi jamoasidagi ilk mavsumning yarimini ikkinchi jamoa safida o‘tkazadi. Bundan tashqari uning klub bilan tuzadigan shartnomasida qo‘shimcha bandlar bo‘lib, bu futbolchi uchun o‘zini ko‘rsatishga imkon beradi.
«Santos» klubining ustozi Xorxe Sampaoli futbolchini jamoada salqab qolish uchun qanchalar urunmasin Tailson tezroq Yevropaga ketish ishqida yonmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:37, 19.07.2019.
O'qildi: 11436 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.