Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Bunyodkor»: Minskdagi o‘ninchi kun (video)

«Bunyodkor»: Minskdagi o‘ninchi kun (video)

Baho:
+ | -

"Bunyodkor"ning Minskdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘ninchi kuni yakunlandi.

O‘ninchi kunga kelib yig‘in doirasidagi to‘rtinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazildi. Belorus oliy ligasi vakili «Dnyapro» klubiga qarshi bahs gollarga boy tarzda o‘tdi. Raqib ilk daqiqalardanoq katta ishtiyoq bilan hujumga o‘tib, hisobni ochdi. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng futbolchilarimiz to‘p nazoratini qo‘lga olishdi va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira boshlashdi. Jamoamiz hujumlar uyushtirayotgan vaqtda raqib qarshi hujumga o‘tdi va hakam bilan tortishuvlarga sabab bo‘lgan ikkinchi golni urdi. Himoyachimiz darvozaga ichiga yo‘l olayotgan to‘pni o‘yinga qaytargandi, qanot hakam to‘p chiziqni kesib o‘tganini ko‘rsatdi. Bosh hakam yordamchisining qarorini tasdiqladi. Shundan keyin ustunlik futbolchilarimiz tomoniga o‘tdi. Hujumlarning birida himoyachi jarima maydoni ichida Sanjar Rixsiboyevni ochiqchasiga qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Biroq uchrashuv hakami penalti belgilashni lozim topmadi. Oradan ko‘p o‘tmay endi Sanjar Qodirqulov qo‘pollik bilan to‘xtatildi, bu safar ham hakam nuqtani ko‘rsatgani yo‘q. Aksiga olib, uyushtirilgan hujumlarning hech biri samara bermadi. Yakuniy zarbalar yo‘liga yo darvozabon yoki himoyachilar to‘g‘anoq bo‘laverdi.

Vadim Abramov ikkinchi bo‘limni uch o‘zgarish bilan boshladi. Maydonga jamoa yig‘inida ko‘rikdan o‘tayotgan uch legioner tushirildi. Ikkinchi bo‘lim biz uchun yaxshi boshlangan ediku, ammo uchinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Garchi hisob o‘yinga mos bo‘lmayotgan bo‘lsa-da, futbolchilarimiz ruhan sinmagan holda o‘z o‘yinlarini namoyish qila boshlashdi. Bu 76-daqiqa kelib o‘z samarasini berdi. Ajoyib hujumdan keyin rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy hisobni bittaga qisqartirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, hakam birinchi bo‘limdagi aybini yuvib, futbolchimizga ishlatilgan qo‘pollik uchun mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Muhammad Dialloning zarbasini darvozabon bartaraf etdi. Oradan ko‘p o‘tmay hakam maydon egalari darvozasiga ikkinchi marta penalti belgiladi. Bu safar endi nuqtaga Anvar G‘ofurov yaqinlashdi, biroq darvozabon tajribali himoyachimizning ham zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo baribir ikkinchi gol «Dnyapro» darvozasidan joy oldi. Futbolchilarimizning o‘ng qanotdan tashkil qilgan hujumini Ostrovskiy yakunlab qo‘ydi – 3:2. Afsuski, qolgan daqiqalar hisobni yana o‘zgartirishimizga kamlik qildi.

Aytish kerak, Vadim Abramov kechagi o‘yindan farqli ravishda bugun 17 nafar futbolchining xizmatidan foydalandi. Bugun maydonga tushmagan futbolchilar ertaga bo‘lib o‘tadigan navbatdagi nazorat o‘yinida jamoaga yordam beradi.

NAZORAT UCHRASHUVI
«DNYAPRO» (Belorus) – «BUNYODKOR» - 3:2 (2:0)
«Dnyapro»: Arsen Beglaryan (Artyom Soroko, 46), Dmitriy Koplunov, Dmitriy Yashin, Yegor Xvalko (Nikita Stepanov, 46), Mixail Kolugin (Timofey Lukashevich, 62), Aleksandr Batishev, Maksim Shilo (Yuriy Kozlov, 46), Yevgeniy Saviskiy, Dmitriy Ignatenko (Roman Gribovskiy, 46), Zoran Marushich (Artyom Konsevoy, 46), Vadim Pobudey.
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Ulug‘bek Abdullayev (Dmitriy Ostrovskiy, 46), Anvar G‘ofurov, Abdulla Abdullayev, Dilshod Ahmadaliyev, Lutfulla To‘rayev, Nurillo To‘xtasinov (Javohir Qahramonov, 54), Sanjar Qodirqulov, Xurshid G‘iyosov (Farrux Ikromov, 58), Sanjar Rixsiboyev (Evgeniy Chumak, 46), Mirjahon Mirahmadov (Muhammad Diallo, 46).
Gollar: Zoran Marushich, 11 – 1:0. Zoran Marushich, 17 – 2:0. Dmitriy Yashin, 50 – 3:0. Dmitriy Ostrovskiy, 76 – 3:1. Dmitriy Ostrovskiy, 87 – 3:2.
Foydalanilmagan penalti: Muhammad Diallo, 78. Anvar G‘ofurov, 83.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 13:58, 21.07.2019.
O'qildi: 2474 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.