Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya

Ronaldu mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Ronaldu mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan klublar turli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Ana shunday  musobaqalar doirasida kecha tunda «Tottenhem» va «Yuventus» jamoalari to‘qnash kelishdi. Bu uchrashuv 3 : 2 hisobida ingilizlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng murabbiylar va Ronaldu o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shu intervyularni sizlar uchun tarjima qildik

Maurisio Sarri

O‘yin mobaynida ikki jamoa ham mag‘lubiyatga loyiq emas edi. Bu uchrashuvda durang qayd etilishi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanishi kerak edi. Bizga o‘yin davomida omad yetishmadi. Shunday bo‘lsada, biz xafa emasmiz. Oldinda bizni muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Umid qilamizki, qolgan bahslarda o‘zimizning kuchli tomonlarimizni namoyish etamiz. Hozirda mening asosiy maqsadim futbolchilarni sinab olish va asosiy tarkibni shakillantirish. Pogbaning qaytishi borasida hech narsa deya olmayman. Uning o‘yinlari menga juda yoqadi, biroq transferi borasida hech qanday ma’lumotga ega emasman. Men murabbiyman, sport direktori emas!

Pochetino

Bugungi bahs menga «Ayaks»ga qarshi kechgan javob uchrashuvini esalatib yubordi. Bugun yigitlar harakter namoyish etishdi. To‘g‘ri, bu o‘rtoqlik uchrashuvi, biroq bizda g‘alaba ruhi bor ekanligi yoqimli hol. Bugun Keynning goli ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi. Men doimo uni asosiy tarkibning yetakchisi ekanini aytib kelaman. Erikson borasida hech qanday yangilik yo‘q. Umid qilamizki, u biz bilan qoladi. U ajoyib yigit va juda iqtidorli futbolchi.  Voqealar rivoji keskin o‘zgarib ketishi ham hech gap emas. Ndombelening o‘yini menga manzur keldi. U o‘zining ilk uchrashuvidayoq transferini oqlashga tushib ketdi. Bizga markazda chaqqon harakatlanadigan futbolchi kerak edi va uni qo‘lga kiritdik.

Ronaldu

Men bugun «Tottenhem» bizdan kuchli o‘yin ko‘rsatmaganini ishonch bilan ayta olaman. Imkoniyatlar teng bo‘lgan bo‘lsada, Keyn juda chiroyli gol kiritdi. Uning golida omad unga qarashib yuborganini inobatga olmasak, bu shunchaki fantastika edi! Debyut uchrashuvini o‘tkazgan De LIgt haqida biror nima deyish juda mushkul. Sababi, unda o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt bo‘lganicha yo‘q. Afsuski, bugun bir necha bor xatolarga ham yo‘l qoydi, lekin bundan fojea yasamaslik kerak. Unga biroz vaqt zarur. Biz hali ko‘p ishlashimiz va yangi mavsumga qadar to‘liq tayyor bo‘lishimiz lozim. Men uni «Yuventus»da ko‘rishni juda istagan edim  va u bizning jamoaga kelib qo‘shildi. Umid qilamanki, tez orada o‘z  formasini tiklab oladi.

Manba: Жизнь Футбол
Kiritildi: 14:25, 22.07.2019.
O'qildi: 10785 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.