Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Dunyoning eng qimmat futbol klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng qimmat futbol klubi nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Sportico sport biznes-portali ayni damdagi eng qimmat futbol klublari ro‘yxatini e’lon qildi.

Reytingda birinchi o‘rinni Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi egalladi. Uning qiymati (6,2 milliard dollar) deb baholangan. Ikkinchi o‘rinda «Real Madrid» (6 milliard dollar). Uchinchi o‘rinni «Barselona» (5,2 milliard dollar) egalladi. Kuchli uchlikdan keyin Angliyaning «Liverpul» klubi (5,1 milliard dollar) turibdi. Kuchli beshlikni «Bavariya» (4,8 milliard dollar) yakunladi.

«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining (APL) 35 o‘yinidan so‘ng turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi (54 ochko). «Manchester Yunayted» mavsumni yevrokuboklar zonasida yakunlashni rejalashtirmoqda. Joriy mavsumda inglizlar Chempionlar ligasi guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi. 12 may kuni Angliya chempionati doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida Londonning «Arsenal» klubini qabul qiladi.

Kiritildi: 08:06, 10.05.2024.
O'qildi: 9758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик