Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi

«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Bugun «Lokomotiv» klubi ikkinchi davradan oldidan o‘z tarkibiga qo‘shib olgan futbolchilarni tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.

Davralar oralig‘ida Oston O‘runov, Ariagner Medina Smit, Javohir Esonqulov, Javohir Sohibov, Ibrohim G‘anixonov, Toxir Rafaelov kabi futbolchilar «Lokomotiv» tarkibiga ko‘chib o‘tdi.

Tanishtiruv marosimida klub bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov va yangi futbolchilar ishtirok etishdi. Javohir Esonqulov tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgani sababli matbuot anjumaniga yetib kela olmadi.

Dastlab "temiryo‘lchilar" bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov o‘z fikrlarini bildirdi:

– Jamoamiz odatda yozgi tanaffus vaqtida xorijda yig‘inlarda qatnashardi. Ammo davralar oralig‘i qisqa bo‘lganligi, shuningdek, asosiy futbolchilarimizning ko‘pchiligi yanvar oyidan buyon dam olmagani tufayli o‘z qarorgohimizda yig‘in o‘tkazishga qaror qildik.

Yig‘in vaqtida o‘tkazilgan bir necha o‘rtoqlik o‘yinlarida murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatiga e’tibor qaratishdi. Jamoamizni Filipp Rayevas, Azizbek Haydarov va Husniddin G‘ofurov tark etishdi. Ularning o‘rnini yosh futbolchilar bilan to‘ldirishga qaror qildik. Murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda biz jamoani yoshartirishga, ya’ni, tajriba va yoshlikni mujassamlashtirishga harakat qildik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, yangi olingan futbolchilarning katta qismi yosh yigitlar. Oston O‘runov 2000 yilda tug‘ilgan. Uning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini barcha ko‘rib bo‘ldi. Shuningdek, yosh va umidli futbolchimiz Toxir Rafaelov 2002 yilda tug‘ilgan va u ilk marta professional klub bilan shartnoma imzolamoqda. Ibrohim G‘anixonov ham endigina 19 yoshga kirdi. Nikaragualik Ariagner Smit Medina 20 yoshga to‘lgan. Bu kabi yoshlar orqali biz jamoaning fundamentini yanada mustahkamlab olishimizga ishonaman. Shuningdek, Javohir Esonqulov, Javohir Sohibov kabi tajribali futbolchilar ham jamoamizning kuchiga kuch qo‘shadi.

Shundan so‘ng yangi futbolchilarga «Lokomotiv» klubi liboslari taqdim etildi.

Unga ko‘ra Oston O‘runov – 6, Javohir Sohibov – 15, Medina Smit – 22, Tohir Rafaelov – 40, Ibrohim G‘anixonov – 18, Javohir Esonqulov – 21 raqamlarida o‘ynaydigan bo‘lishdi.

Shundan keyin yangi futbolchilarimiz o‘zlarining qisqacha fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Oston O‘runov: “O‘tgan yil qishda ham «Lokomotiv»dan taklif tushgan edi. Ammo o‘shanda transfer amalga oshmagandi. Shundan keyin «Navbahor»da 6 oy o‘ynab, «Lokomotiv»ga o‘tishga qaror qilgandim. «Navbahor»dan ketish qiyin bo‘ldi. Klub rahbariyati va muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Kelajakda o‘sishga erishib Yevropaga ketishni istayman. «Lokomotiv» bu yo‘lda tramplin vazifasini bajara oladigan klublardan biri hisoblanadi".

Javohir Sohibov: “Og‘ir jarohat olganimdan keyin «So‘g‘diyona» safiga borib qo‘shilgandim. Samvel Babayanning taklifi bilan «Lokomotiv»ga keldim. Agar raqobatdan qo‘rqqanimda futbol o‘ynamasdim. «Paxtakor»dan ketishimga raqobat emas, jarohat sabab bo‘lgan. «Lokomotiv»da o‘zimni ko‘rsatishga va oldingi jismoniy holatimga qaytishga harakat qilaman”.

Ibrohim G‘anixonov: “Bunga qadar «Paxtakor»da o‘ynaganman. Debyutimdan keyin biroz vaqt o‘tib jarohat olgandim. Tuzalganimdan keyin menga ko‘p ham imkoniyat berilmadi. Samvel Babayanning taklifi bilan «Lokomotiv»ga ko‘chib o‘tdim. Bu yerda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman”.

Tohir Rafaelov: “Faoliyatimni Yangiyer akademiyasida boshlaganman. Samvel Babayan meni «Lokomotiv»ga taklif qildilar. «Lokomotiv» faoliyatimdagi ilk professional klubim bo‘ladi. Yangi jamoamdagi futbolchilar bilan tezda chiqishib ketdim. «Lokomotiv»da o‘ynash men uchun faxr”.

Medina Smit: «Lokomotiv»ni O‘zbekistondagi eng yaxshi klub deb bilaman. Klubning tizimi, infratuzilmasi futbolchi sifatida o‘sish uchun eng ideal klub hisoblanadi. Hali yoshman, klub uchun borimni berishga harakat qilaman. Samvel Babayan bilan «Spartak» Yurmala klubida birga ishlaganman. Uning uslubi juda yoqadi. O‘yinchilarga nisbatan munosabati, istagan jihatlarni yetkazib berishi, professionallik kabi hislatlarini doimo hurmat qilaman”.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 13:43, 24.07.2019.
O'qildi: 5188 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.