Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Artur Taymazovning Olimpiadadagi yana bir oltin medali olib qo‘yildi

Artur Taymazovning Olimpiadadagi yana bir oltin medali olib qo‘yildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi erkin kurash bo‘yicha -120 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan olimpiada o‘yinlari chempioni Artur Taymazovning 2012 yildagi oltin medalini ham bekor qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchining o‘sha vaqtda topshirgan doping tahlillariga ko‘ra, uning qonida taqiqlangan degidroxlormetiltestosteron moddasi topilgan. Bu antidoping qoidalariga zid bo‘lgani sababli sportchidan medal olib qo‘yilgan.

XOQ intizom qo‘mitasi Artur Taymazovning natijalarini bekor qilgani va undan 2012 yilgi olimpiada oltin medali va musobaqa g‘olibligi uchun berilgan ko‘krak nishonini qaytarib berishini so‘rab so‘rovnoma yuborgan.

Sportchining o‘zi XOQ bu ayblovlarini umuman tan olmasligini bildirgan va tashkilotning “siyosiy tomondan qurollanganini va asossiz ishlarini davom ettirayotganini” ta’kidlagan. Sobiq kurashchining so‘zlariga ko‘ra, VADA (butunjahon antidoping agentligi) faoliyatini jiddiy qabul qilishning o‘zi noto‘g‘ri.

“XOQ Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada-2020 musobaqasi g‘oliblarini 10 yildan keyin mukofotlashni, sportchilarga esa 10 yildan keyin bo‘ladigan tekshiruvgacha o‘zlarini g‘olib sifatida his qilmasliklarini va g‘alabani nishonlamasliklarini maslahat beraman” — deya yozgan Artur Taymazov Instagramʼdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat muqaddam Artur Taymazovning Pekinda bo‘lib o‘tgan Olimpiada-2008 musobaqalaridagi oltin medallari ham bekor qilingandi. 10 yildan oshiqroq vaqt o‘tib o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, uning qonidan turinabol va stanozolol taqiqlangan moddalari topilgan.

Endilikda Artur Taymazovning hisobida 2000 yil Sidney olimpiadasidagi kumush va 2004 yil Afina olimpiadasidagi oltin medallar qoldi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Artur Taymazov Rossiya davlat dumasi deputati sanaladi. U Shimoliy-Osetiya saylov okrugidan deputatlikka saylangan.

 
Manba: www.gosport.uz
Kiritildi: 13:51, 24.07.2019.
O'qildi: 4619 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик