Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Shahram G‘iyosov oldida yanada jiddiy raqib. U sobiq jahon chempioniga qarshi ringga chiqadi

Shahram G‘iyosov oldida yanada jiddiy raqib. U sobiq jahon chempioniga qarshi ringga chiqadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (8-0, 6 KO) avgust oyida o‘zining 9-jangini o‘tkazadi.

GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan xabarga ko‘ra, 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan jangda G‘iyosovga o‘ta tajribali raqib — sobiq jahon chempioni Darlis Peres (34-4-2, 22 KO) raqiblik qiladi. Jang avval xabar berilganidek Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, to‘liq ismi-sharifi Darley Gregorio Peres Ballestas bo‘lgan 35 yoshli bokschi 10 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritib keladi. U bu davr mobaynida yengil (-61,2 kg) vazn toifasining WBA yo‘nalishida 2014-15 yillarda uch marta vaqtinchalik jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. 2015 yilda doimiy jahon chempionlik kamari uchun jangda Entoni Krollani ochkolar hisobida mag‘lubiyat uchratgan, ammo 11-raunddan undan ikki ochko olib tashlangani bois, jangda durang natija e’lon qilingan. Revansh jangida esa Peres imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Shu paytgacha u 4 bor yutqazgan bo‘lsa, barchasida kuchli raqiblar Yuriokis Gamboa, Entoni Krolla Lyuk Kempbell va endilikda marhum Maksim Dadashev ga Imkoniyatni boy bergan. Hozir super yengil vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi Moris Hukerga qarshi jangda durang qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta G‘iyosov 26 aprel kuni Inglvudda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida amerikalik Emanuel Teylorni (20-6, 14 KO) mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 06:30, 27.07.2019.
O'qildi: 9071 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.