Malilik yarim himoyachi Samba Sou faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradi.
Angliya klubi rasmiy veb-saytiga ko‘ra, Moskvaning "Dinamo" klubi sobiq futbolchisi bugun "Nottingem Forest" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli markaziy harim himoyachi 2017-yil iyul oyidan beri "Dinamo" safida to‘p surib kelgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Sou "Dinamo" safida jami 43 ta o‘yin o‘tkazgan va 3 ta gollik uzatma bergan.