Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Liverpul» 20 million funt sterlingga o‘yinchi olmoqchi

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgan Klopp Fransiyaning «Bordo» jamoasi hujumchisi Fransua Kamano transferini istamoqda. Klopp bu futbolchini harid qilish orqali bir nechta frontda kurash olib bora oladigan jangovar hujum uchligiga biroz dam berish haqida bosh qotirmoqda.
23 yoshlik futbolchining transferi «Liverpul» uchun 15 million va bonuslar ortidan yana 5 million funtga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Klopp jamoasida 4 ta hujumchi mavjud bo‘lib, Daniyel Starridj erkin agent sifatida jamoani tark etgan. Fransua Kamano aynan angiliyalik futbolchining o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Neymar bosh ko‘tardi

«PSJ» klubi yetakchsi Neymar jamoasi uchun maydonga tushishdan bosh tortmoqda deb xabar tarqatgan «Soccer.ru» nashri.
Unga ko‘ra Braziliyalik futbolchi «Barselona» tomonidan taklif kelib tushishini kutmoqda. «Barselona» «PSJ»ga taklif jo‘natgan bo‘lsada, fransuz klubi atayib «Barsa»ga rad javobini berdi. Parij klubi rahbarlari Neymar «Barselona»dan boshqa klubga arzonroq sotib yuborishga ham tayyor ekanligini rasman e’lon qilishdi. Qisqacha qilib aytganda Neymar seriali davom etadi.

«Tottenhem» kurashga qo‘shildi

«Manchester Yunayted» jamoasi Bruno Fernandesh bilan muzokaralarni ijobiy hal etishga juda yaqin kelgan bir paytda, futbolchi uchun kurashga «Tottenhem»ham qo‘shildi.
London klubi mutasaddilari futbolchi borasida rasmiy taklif bilan chiqqan bo‘lsada, avvaliga «Sporting» rahbarli rad javobini berishadi. So‘ngra «Tottenhem» o‘zining ikkinchi taklifni yuboradi. Eng qizig‘I shundaki, Portugaliya klubi muzokarlar o‘tkazish uchun jamoaning agentini Lissabonga chorlaydi. Bugun ikki klub rahbarlari o‘rtasida uchrahsuv bo‘lib o‘tishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» 10 kundan buyon Fernandeshning transferi ustida ish olib borishmoqda.

Raja Naigolan ketadi

«Inter» klubida o‘z o‘rnini yo‘qotgan Belgiyalik Raja Naingollan o‘z faoliyatini «Fiorentina» jamoasida Davom ettiradigan ko‘rnadi.
Florensiya klubi keyingi haftada futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Agarda tomonlar futbolchining transferi borasida to‘liq kelishuvga erishsa, seshanba kuni «Fiorentina» jamoasi Naingollanni ijaraga olishni mo‘ljallamoqda.
«Inter» rahbarlari esa, Konte tomonidan klubga kerak emas deb hisoblanayotgan futbolchining boshqa klubga o‘tishi uchun ijaraga berishga ham rozi.

Deni Drinkvoter klubsiz qolib ketdi

Angiliyaning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Deni Drinkvoter jamoaning yangi ustozi Frenk Lempard tomonidan jamoaga keraksiz deb topilgani borasida xabar bergan edik. Eng qizig‘i shundaki, futbolchining transferi borasida birorta klub Londonliklar bilan aloqaga chiqqanicha yo‘q. Agarda bu xol transfer oynasi yopilmagunga qadar davom etsa, futbolchi «Chelsi»da qolishiga to‘g‘ri keladi.
Deni «Chelsi» safida haftasiga 100 ming yevro maosh olgani bois birorta klub uni ijaraga olishni ham istamayapti.

«Inter» Rebich borasida taklif bilan chiqdi

O‘tgan mavsumda o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab grandlarning e’tiborini tortgan xorvatiyalik Ante Rebich «Inter» jamoasi e’tiborida turibdi.
23 yoshlik hujumchining transferini shaxsan Kontening o‘zi istamoqda. «Inter» futbolchi uchun «Ayntraxt» jamoasiga 35 million yevro taklif qilishni reja qilmoqda. Nemis klubi esa, o‘z futbolchisini 40 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Shuningdek futbolchiga «Atletiko Madrid» jamoasi ham ko‘z tikib turibdi. Agarda Angel Korea «Milan» safiga o‘tsa, «Atletiko» Rebich borasida muzokalarga kirishishni rejalashtirgan

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:23, 01.08.2019.
O'qildi: 5147 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.