Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Pol Pogba norozi

«Manchester Yunayted» jamoasi futbolchisi Pol Pogba mana 2 mavsumdan beri «Real Madrid» klubining nishonida turibdi. Hozirda «qirollik klubi» Pogba borasida muzokalar o‘tkazishga harakat qilayotgan bo‘lsada, «Manchester Yunayted» o‘z futbolchisini sotishni istamayapti.
Bu esa, Pol Pogbaning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Futbolchi kecha mavsum oldi o‘rtoqlik turniri doirasidagi uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tordi. «El Cheringuito» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, futbolchi o‘zini «Real Madrid»ga sotib yuborishlarini talab qilmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kante kelajak rejalari haqida

Londonning «Chelsi» jamoasi tayanch yarim himoyachisi Ngolo Kante «PSJ» jamoasidan tushgan takliflar borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbolchi bunday kuchli jamoaning e’tiborida turganidan mamnun ekanligini bildirdi va aynan shu transfer haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi : “Meni ko‘plab jamoalar o‘z tarkibida ko‘rishni istashayotgani quvonarli xolat. Shundan bo‘lsada, men hozir Londonda istiqomat qilyapman va meni hamma narsa mutloq qoniqtiradi. Bu yerda juda baxtliman. Oilam va do‘stlarim shu yerda. O‘ylashimcha yangi mavsumda va kelasi mavsumda ham aynan «Chelsi» sharafini himoya qilaman.

«Tottenhem» Dibala borasida yana taklif jo‘natadi

Hozirda «Yuventus» futbolchisi Paolo Dibala uchun APL grandlari o‘rtasida chinakam kurash ketmoqda. «Manchester Yunayted» futbolchini qo‘lga kiritish uchun Lukakudan voz kechishga tayyor bo‘lsa, «Tottenhem» ustozining shaxsan o‘zi futbolchi bilan uchrashdi va unga yangi jamoasida ko‘nikib olishi uchun yordam berishini va asosiy tarkibdan joy tayinligini bildirdi.
«SoccerLink» taqargan nashrlarga ko‘ra, Dibalaning kelajagi shu kunlarda hal etiladi. Unga ko‘ra futbolchi aynan shu jamoalardan birini tanlashi lozim. «Tottenhem» futbolchining narxi borasda Turin klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz…

Ikardi tomosha ko‘rsatishda davom etmoqda

Italiyaning bir nechta nashrlari tomonidan berilgan xabarlarga qaraganda, Ikardi klub mutasaddilari bilan janjalashishda davom etmoqda
Gap shundaki, futbolchi «Yuventus»dan boshqa klubga o‘tishni istamaypti. Agarda uning bu talabi amalga oshmasa, maydonga tushmasligini rasman e’lon qildi. «Inter» klubi yangi mavsumdagi asosiy raqibining tarkibini kuchayib ketishini istamayapti. Agarda futbolchi qaysarlikda davom etaversa, uni ummuman yoshlar tarkibiga jo‘natishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi klub o‘rtasidagi shartnoma yana 2 yil davom etadi.
«Roma» jamoasi o‘z uslubida davom etmoqda
Rimning «Roma» jamoasi hozirda erkin egentga aylangan Fernando Lyorente bilan muzokalar o‘tkazmoqda.
34 yoshlik futbolchi Rim klubida to‘p surishga qarshi emas. Gap shundaki, «Roma» tez orada jamoani tark etishi kutilayotgan Edin Jekoning o‘rniga aynan ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritmoqchi.

«Arsenal» jamoasi transfer oynasini portlatmoqchi

"The Sun" nashri bugun internetni hayratga sologan yangilikni e’lon qildi. Unga ko‘ra «Arsenal» shu kunlarda «Barselona» jamoasi bilan Koutinyo borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.
Nashrning xabar berishicha, «Arsenal» braziliyalik futbolchini sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. «Barselona» bugun ingiliz jamoasining taklifiga javob berishi lozim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:38, 04.08.2019.
O'qildi: 10857 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.