Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Yurgen Klopp: «Bugungi o‘yinimiz saviyasi g‘alabadan muhimroq bo‘ldi»

Yurgen Klopp: «Bugungi o‘yinimiz saviyasi g‘alabadan muhimroq bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya superkubogi doirasida bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin (1:1, penaltilar - 4:5) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ikkinchi bo‘limda juda kuchli o‘yin namoyish qildik. «Manchester Siti» va biz mavsumga bir xil tarzda tayyorgarlik ko‘rdik. O‘yindan keyin Kevin de Bryuyne bilan gaplashib, shu xulosa keldikki, hozir kimning tayyorgarligi qay darajada ekanini bilish qiyin.

Bugun kamida durangga haqli edik. O‘yin so‘ngida raqib darvozaboni bir necha vaziyatlarda jamoasini qutqargani o‘yin taqdirini hal qildi. Bugun xafsalam pir bo‘lmadi. Boisi, o‘yinimiz saviyasi g‘alabadan muhimroq bo‘ldi. Biz to‘g‘ri futbol o‘ynash olishimiz mumkinligini bilamiz.

Birinchi bo‘limga yaxshiroq chog‘lanishimiz mumkin edi. Shunga qaramay, gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda ba’zi narsalarga o‘zgartirish kiritdim. G‘alaba qozonishni istagandik. Ammo o‘yin so‘ngida biroz omad yetishmadi. «Man Siti»ni tabriklayman», – dedi Klopp.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:45, 04.08.2019.
O'qildi: 5308 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.