Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Gamper kubogi «Barselona»da qoldi (videosharh)

Gamper kubogi «Barselona»da qoldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Har yili «Barselona» klubi tomonidan tashkil etiladigan an’anaviy Joan Gamper kubogi o‘yini 54-marta o‘tkazildi. Unda Londonning "Arsenal" klubi kataloniyaliklarga qarshi maydonga chiqdi.

Birinchi bo‘limda tashabbus mezbonlar tomonida bo‘lgan bo‘lsa-da, bahsning 35-daqiqasida Pyer-Emerik Obameyang raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi, himoyachi ta’qibidan qochdi va 15 metrlardan zarba berib, "to‘qqizlik"ni aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limda kutilmagan vaziyatda hisob tenglashdi. "Kanonirlar" markaziy himoyachisi Meytlend-Naylz o‘z darvozaboniga noaniq pas berishi natijasida to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi.

O‘yinning eng so‘nggi daqiqasida esa Serxi Roberto deyarli maydon markazidan jarima maydonchasiga yugurayotgan Suares tomon uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi haqiqiy hujumchilarga xos ravishdi harakat qilib, darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Barselona" 41-marta mazkur Kubok sohibiga aylandi.

Gamper kubogi
"BARSELONA" – "ARSENAL" – 2:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – Obameyang (36), 1:1 – Meytlend-Naylz (69, avtogol), 2:1 – Suares (90).
«Barselona»: Neto (ter Stegen, 46), Semedu (Vage, 63), Pike (Langle, 46), Umtiti (Todibo, 46), Alba (Miranda, 63), de Yong (Buskets, 46), Rakitich (Alenya, 46), Puch (Roberto, 46), Dembele (Suares, 63), Peres (Rafinya, 46), Grizmann (Kolyado, 79).
«Arsenal»: Leno, Meytlend-Naylz, Papastatopulos (Mustafi, 86), Chembers, Monreal (Kolashinas, 46), Uillok (Sebalyos, 72), Jaka (Torreyra, 83), Mxitaryan (Saka, 71), O‘zil (Martinelli,73), Nelson (Genduzi, 46), Obameyang (Nketia, 86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:13, 05.08.2019.
O'qildi: 10003 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик