Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp «Liverpul»ga syorfing bo‘yicha mutaxassis jalb qildi

Klopp «Liverpul»ga syorfing bo‘yicha mutaxassis jalb qildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoani tayyorlash uchun turli yo‘llarini qidirmoqda. The Times tarqatgan xabarga ko‘ra, germaniyalik murabbiy syorfing sport turi bo‘yicha professional mutaxassisni yolladi. U futbolchilarga stressdan chiqib ketish yo‘llarini o‘rgatadi.

Germaniyalik mutaxassis Sebastyan Shtoydner basseynda mashg‘ulot o‘tkazib, futbolchilarga xavotirli vaziyatlardan chiqib ketishda yordam beradigan to‘g‘ri nafas olish texnikasini o‘rgatdi.

Klopp o‘tgan mavsumda to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritishni o‘rgatadigan mutaxassisni yollagan edi. «Liverpul» yakunlangan mavsumda APLda «Manchester Siti»dan 1 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Yevropa chempionlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 10:07, 06.08.2019.
O'qildi: 3475 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.