Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Barbod bo‘lgan transferlar

Barbod bo‘lgan transferlar

Baho:
+1 | -1

Ushbu transfer oynasi ham tobora o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun juda ko‘p muhokamaga sabab bo‘lsada, amalga oshmagan eng yirik transferlar haqida so‘z boradi.

Matteys De Ligt

Gollandiyalik futbolchi «Ayaks» safidagi ajoyib mavsumdan so‘ng, bir oyog‘i bilan «Barselona» safiga borib qo‘shilgan edi. OAV tomonidan futbolchining Katoloniya klubi futbolchisiga aylanishi borasida shunchalar ko‘p ma’lumot tarqatildiki, hech kimda De Ligtning kelajagi borasida shubha qolmagan edi. Hammasini futbolchining agenti bir lahzada yo‘qqa chiqardi. O‘zining ishbilarmonligi bilan tanilgan Mino o‘z mijozini «Barsa» nomzodidan qaytardi, «PSJ» jamoasining 15 million yevro maosh belgilangan shartnomasiga imzo qo‘ymaslikka ishontirdi. Oqibatda, De Ligt «Yuventus» futbolchisiga aylandi. Bunday kutilmagan yurishni amalga oshirgan De Ligt o‘zi uchun naqadar to‘g‘ri qaror qabul qilganini oldindan aytish qiyin. Hammasini vaqt ko‘rsatadi!

Moyze Kin – «Arsenal»

Italiya terma jamoasi va «Yuventus» klubi hujumchisi Moyze Kin Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi uchun atigi bir qadam qolgan bir payta hammasi boshqa tomonga o‘zgarib ketdi. Gap shundaki, ikki klub ham futbolchi borasida to‘liq kelishuvga erishgan bo‘lsada, futbolchi va Unay Emiri o‘rtasidagi suhbat hammasini o‘zgartirib yuboridi. Italiya nashrlari tarqatgan xabarlarga suyanib shuni aytish mumkin-ki, Emiri Moyze uchun asosiy tarkibda joy bo‘lmasligini aytgan. Kin esa, darhol bu klubdan voz kechdi va ko‘p o‘tmay «Everton» futbolchisiga aylandi. Futbolchining bu qarori «Yuve» uchun ham foydali bo‘ldi, sababi ular «Arsenal»dan farqli o‘laroq futbolchini qaytarib olish sharti bilan sotishga muvaffaq bo‘lishdi.

Romeu Lukaku – «Inter»

Antonio Konte o‘zi juda istagan futbolchini qo‘lga kirtganidan xabaringiz bor. Vaholanki, bundan bir hafta ilgari Lukaku «Yuventus» jamoasiga o‘tishga rozi bo‘lgan, «Yuventus» «Manchester Yunayted»ga futbolchi uchun Dibalani taklif qilgan edi. Ko‘plab internet nashrlari bu almashinuvni deyarli amalga oshib bo‘ldi deb hisoblagan bir paytda hammasi boshqa tomonga o‘zgarib ketdi va Lukaku rasman «Inter» futbolchsiga aylandi. To‘g‘ri, transfer oynasi ochilishi bilan «Inter» futbolchiga qiziqish bildirgan edi, biroq bu quruq so‘zdan uyog‘iga o‘tmagan edi. «Yuventus» esa, futbolchining maoshi va shartnoma borasidagi ma’lumotlarni oshkor qilidiyu lekin futbolchini qo‘ldan chiqarib yubordi.

Maksi Gomez –«Vest Hem»

«Selta» klubi safida 2 ta mavsum davomida 32 ta gol kiritishni uddalagan urugvaylik Maksi Gomes ko‘plab grandlar e’tiborida turgan edi. Eng qizig‘I shundaki, futbolchining agenti bilan «Tottenhem», «Manchester Yunayted», «Sevilla» singari kuchli jamoalar aloqaga chiqqan bo‘lsada, futbolchi «Vest Hem»ni tanlagan edi. Deyarli bir haftada davom etgan muzokarlardan so‘ng, ikki klub futbolchining APLga ko‘chib o‘tishi borasida kelishuvg erishadi.Unga ko‘ra «bolg‘achilar» 50 million yevrodan voz kechishlari kerak edi. London klubi o‘zining rasmiy saytida Gomezning transferi tez orada rasmiylashtirilishi haqida ma’lumot bergan bo‘lsada, bu transfer amalga oshmadi. Gap shundaki, ikki klub pulning qay yo‘sinda o‘tkazilishi borasida kichik tushumovchilikka uchrashdi va transfer eng so‘nggi bekatida barbod bo‘ldi. Oqibatda, Maksi Gomez «Valensiya»ga o‘tib ketgan bo‘lsa, «Vest Hem» Sebastian Alleni harid qildi.

Adriyen Rabio

«PSJ»ni erkin agent sifatida tark etgan Adriyen Rabio bir nechta klublar bilan kelishuvga erishgan bo‘lsada, yangi mavsumni «Yuventus» safida boshlaydigan bo‘ldi.

Avvaliga «Barselona»da to‘p surish ishtiyoqida «yongan» futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va yashirin tarzda Katoloniya klubi bilan muzokaralar olib bordi. Oradan ko‘p o‘tmay «PSJ» futbolchini asosiy jamoadan chetlatdi va Rabio birdan ko‘rinmay qoldi. Bu orada «Barselona» Frenki De Yong transferini e’lon qildi. Rabio o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va «Manchester Yunayted» bilan muzokaralarga kirishdi. Futbolchi yiliga 10 million yevro maosh belgilangan shartnoma talab qilgan bo‘lsada, «qizil iblislar» futbolchining shartiga to‘liq ko‘nishdi. «Manchester Yunayted» Rabioni klubga Pogba «Real Madrid»ga o‘tsagina taklif qilishni reja qilgan edi. Pogba klubda qoldi va Rabio yana bir chetda qolib ketdi. Futbolchi «Yuventus»ning yiliga 9 million yevrolik shartnomasiga rozi bo‘ldi va o‘z sahoyahati so‘ngida Turin klubiga o‘tdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:35, 09.08.2019.
O'qildi: 12498 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.