Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangilklar

Transfer olamidagi yangilklar

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ushbu rukndagi eng songi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Falkao shoshilmoqda

Kolumbiya terma jamoasi va «Monako» klubi sardori Radamel Falkao tezroq o‘z jamoasini o‘zgartirishni reja qilmoqda.

Futbolchi Turkiyada to‘p surish borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan quyidagi so‘zlarni aytdi : «To‘g‘risi, Turkiyadagi futbol atmosferasi haqida ko‘p eshitganman. U yer ham xuddi Argentina kabi his xayajonga boy chempionat mavjud.»

«Monako» jamoasi futbolchini tekinga qo‘yib yuborishga tayyor. Gap shundaki, Falkaoning klub bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib u klubda eng katta maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi. Agarda «Monako» uni qo‘yib yuborsa, anchagina pulni tejab qolgan bo‘ladi.

Mandjukich ortga qaytishi mumkin

Turinning «Yuvnetus» klubi hujumchisi Mario Mandjukich o‘z faoliyatini «Bundesliga»da davom ettirishi mumkin.
Futbolchini «Bavariya» ortga qaytarib olishini rejalashtirmoqda. Nemis klubi Marioni bir mavsumga ijaraga olishni reja qilmoqda. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, «Bavariya» 15 million yevro evaziga sotib olish sharti bilan futbolchini ijaraga olishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, “Mandjukich 2012-2014 yillarda aynan Myunhen klubi sharafini himoya qilgan edi.

Aleksisga haridor topildi

Rimning «Roma» jamoasi «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Aleksis Sanchesni transfer nishoniga aylantirishni reja qilmoqda.
Roma futbolchini ikki mavsumga ijaraga olishni reja qilmoqda. «Qizil iblislar» futbolchini uning katta maoshi sababli ijaraga berib yuborishi mumkin. Gap shundaki, chililik futbolchining bir yillik maoshi 20 million yevroni tashkil etadi. Agarda «Manchester Yunayted» futbolchini ijaraga bersa, o‘z g‘aznasida kattagina summani olib qolishi mumkin.
Rahbariyat Sanchesning ketishiga qarshi bo‘lmasada, Sulsher uni jamoada olib qolish niyatidan qaytganicha yo‘q.Muabbiy Lukakuning «Inter» safiga o‘tib ketgani bois Aleksisni asosiy hujumchiga aylantirmoqchi ekanligni yashirib o‘tirmayapti.

Riberi uchun navbatdagi klub

Fransiyalik futbolchining oshiqlari tobora ko‘payib bormoqda. Endilikda unga Gollandiyaning PSV klubi o‘z shartnomasini taklif qimoqda. Hozirda bu klubda Riberining do‘sti Mark van Bommel ustozlik qilmoqda va uning shaxsan o‘zi Riberini o‘z jamoasiga chorlamoqda. Gollandiya klubi Riberi uchun 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyorligni ham rasman e’lon qildi.
PSV ustozi va Riberi bilan 2007-2011 yillar davomida bir jamoada to‘p surishgan va qalin do‘stlar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Riberi shu kunga qadar «Monako» va «Ayntraxt» klublaridan tushgan taklifni rad etishga ulgurdi.

Angiliyada Transfer oynasi sarhisob qilindi

Angiliyada bugun transfer oynasining sarhisobi o‘tkazildi unga ko‘ra, butun transfer oyanasi davomuda ingiliz klublari 1,41 milliard funt sterling sarflashgan va bu Angiliya tarixidagi ikkinchi natija hisoblanadi. 1-o‘rindagi natija 2017-yilda kuzatilgan bo‘lib umumiy hisobda 1,43 millard funt sterlingni tashil etgan edi.
Hisob-kitoblarga qaraganda APL klublari orasida eng ko‘p «Arsenal» jamaosi harajat qildi. «To‘pchilar» transferlar uchun 155 million yevro sarlashga majbur bo‘lishdi. Eng qimmat sotilgan futbolchi esa, «Manchester Yunayted» hujumchisi Lukaku (74 million funt sterling) sifatida tarixda qoldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:17, 10.08.2019.
O'qildi: 9088 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.