Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi so‘nggi yangiliklarni taqdim etishda davom etamiz.

«Bavariya» «Yuventus» futbolchisidan voz kechdi

«Bild» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Bavariya» jamoasi «Yuventus» hujumchisi Mario Mandjukichni harid qilish fikridan qaytdi.

Gap shundaki, «Bavariya» klubi o‘z byudjetidagi barcha pulni to‘liq Koutinyoning transferini amalga oshirishni reja qilmoqda.

Myunhen klubi bu transfer kompaniyasida Mandkujichdan tashqari, Leroy Sane bilan ham muzokarlar o‘tkazgan bo‘lsada, transfer amalga oshmay qolgan edi. Klub muxlislari  jamoani Robben va Ribiyeri tark etgach, top darajadagi futbolchining harid qilishini talab qilmoqda. Rahbariyat aynan «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Koutinyoni harid qilish orqali barcha muammolarga yechim topishidan umidvor.

Emre Jan «Yuventus»dan ketadi

Turin super klubi yarim himoyachisi Emre Jan tez orada o‘z jamaosini o‘zgartirishi mumkin.
Gap shundaki, futbolchi klub murabbiyi Maurisio Sarri futbolchining rejalarida yo‘q ekanligi ochiqchasiga e’lon qildi.

Hozirda Emre uchun «Borussiya Dortmund» va PSJ klublaridan birini tanlash lozim. Futbolchi katta ehtimol bilan Parij klubi safiga borib qo‘shilsa, ajab emas. Hozirda PSJ Rabioning o‘rnini to‘ldira oladigan jismonan baquvvat markaziy yarim himoyachi izlamoqda va Emre ularning shortlistining birinchi pog‘onasida turibdi.

Transfermarket futbolchining narxini 40 million yevroga baholagan bo‘lsada, bu summa muzokaralar davomida batamom boshqacha ko‘rinish olishi hech gap emas.

Erikson kelajagi borasida qaror qabul qildi

Londonning «Tottenhem» klubi yarim himoyachisi Kristian Erikson klubda qolish yo qolmaslik borasida yakuniy qarorni qabul qildi.

«AS» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, futbolchi yana bir mavsum «Tottenhem»da qoladi va keyingi mavsum oldidan erkin agent sifatida boshqa klub safiga borib qo‘shiladi.
«Tottenhem» o‘z yetakchsini jamoada olib qolish uchun yiliga 10 million yevrolik shartnoma taklif qilgan bo‘lsada, Erikson sovrinlarsiz qolishdan charchagani bois klubdan ketishga qaror qildi.

Riberi seriali davom etmoqda

«Bavariya» jamoasidagi ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Frank Riberi hali-hamon erkin agent maqomidan voz kechganicha yo‘q. 36 yoshlik futbolchi kelib tushgan bir nechta takliflarga qaramasdan biror qarorga kela olmayapti.

Bugun Italiya nashrlari uning navbatdagi klubi katta ehtimol bilan Rossiya jamoalaridan biri bo‘lishi haqida ma’lumot berdi. Manba tarqatgan xabarlarga qaraganda bu klub Moskvaning «Dinamo» yoki «Spartak» bo‘lishi mumkin.

Bundan avvalroq Rossiyaning «Lokomotiv» jamoasi ham Riberini o‘z safiga chorlagan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda Frank yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzolashni istamoqda va o‘zining yillik maoshini 8 milliondan kam bo‘lmasligini uni o‘z safiga qo‘shib olishni istagan klublarga shart qilib qo‘ygan.

«Manchester Yunayted» Roxodan «qutulmoqchi»

«Manchester Yunayted» himoyachisi Markos Roxo va klub rahbarlari o‘rtasida shu kunlarda uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda jamoa rahbarlari Roxo boshqa klubga o‘tishga rozi bo‘lsa, transferdan tushadigan summaning bir qismini futbolchining hisob raqamiga o‘tkazilishini rasman e’lon qiladi.

Hozirda «Manchester Yunayted» futbolchisining transfer marketdagi qiymati 25 million atrofida baholanmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:20, 18.08.2019.
O'qildi: 9457 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.