Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

FIFA simulyasiya qilgan futbolchini jarimaga tortadi. O‘zbekistonga ham bu kerakmi?

FIFA simulyasiya qilgan futbolchini jarimaga tortadi. O‘zbekistonga ham bu kerakmi?

Baho:
+ | -

Futbol yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga futbol qoidalari ham takomillashib, yangilab borilmoqda.

Oxirgi yillarda FIFA futbol o‘yini jozibasiga ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurash olib bormoqda hamda quyidagi holatlar uchun futbolchilarni moliyaviy jarimaga tortmoqda.

- Simulyasiya (mug‘ombirlik);

- O‘yin vaqtini atayin cho‘zish;

- Hakamning qaroriga so‘z yoki ishoralar bilan e’tiroz bildirish.


O‘zbek futbolida ham bunday vaziyatlar ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Masalan, g‘olib bo‘layotgan jamoa darvozaboni to‘pni o‘yinga kiritish paytida atayin vaqt cho‘zsa, oddiy muxlisga bu yoqadimi? Yoki futbolchi penalti ishlayman deb raqib jarima maydoni ichida aktyorlik ishlatib yiqilib tushaversa bu futbolga foyda keltiradimi? Yoki bo‘lmasa Superligada ishlayotgan mahalliy hakamlar bilan har bir bahsli vaziyatda tortishadigan futbolchilar ertaga terma jamoalarimiz safida xalqaro o‘yinlarda ishtirok etishsa va chet ellik hakamlar bilan shunday qilib jamoamizni og‘ir ahvolga solib qo‘yishsa, bu bizga pand berib qo‘ymaydimi?

Shu bois ham futbol jamoatchiligi tomonidan yuqoridagi holatlar uchun O‘zbekistonda ham futbolchilarni moliyaviy jarimaga tortish taklifi o‘rtaga tashlanmoqda.

Xo‘sh, sizningcha O‘zbekistonda ham FIFA qabul qilgan qoidani tatbiq etish to‘g‘ri bo‘ladimi yoki yo‘q? Fikrlaringizni yozib qoldiring.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:59, 21.08.2019.
O'qildi: 3644 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик