Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Arsenal» Mustafining narxini e’lon qildi

Londonning «Arsenal» jamoasi o‘z himoyachisining narxini e’lon qildi. «Sky Sport» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda «to‘pchilar» Shkordan Mustafini 27 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Futbolchining agenti va otasi sanaladigan Kuytim Mustafi o‘glining transfer summasini kamaytishlarini talab qilmoqda. Ayni damda,  futbolchiga bilan «Monako» va «Roma» jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Unay Emeri himoyachini o‘z rejalariga kirmaganini rasman e’lon qilgani bois, futbolchi o‘zi uchun faol jamoa qidirishda davom etmoqda.

Gari Medel ortga qaytmoqchi

Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasi yarim himoyachisi Gari Medel o‘z faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

«Le Gazzeta Della Sport» nashri tarqatgan xabarlaga qaraganda, chililik futbolchining hizmatlari bilan «Baloniya» klubi jiddiy qiziqb qolgan.

Italiya klubi Medelni qo‘lga kiritish uchun 2,5 millon yevrodan voz kechishga tayyor. 32 yoshlik futbolchi uchun «Baloniya» yiliga 1,7 million yevro maosh belgilangan 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Medel «Beshiktosh» jamoasiga o‘tguniga qadar Italiyaning «Inter» safida to‘p surgan edi.

Kristian Tello rad etdi

Ispaniyaning «Betis» jamoasi hujumchisi Kristian Tello o‘z faoliyatini Rossiyada davom ettirish borasida yangiliklar ko‘paygan edi.

Telloga bir vaqtning o‘zida Rossiyaning «Krasnodar» va «Spartak» jamoalaridan taklif tushgan bo‘lsada, Ispaniyada qolishga qaror qildi. Eng qizig‘I shundaki, rus klublari futbolchi uchun «Betis»dagi  maoshidan bir necha barobar kattaroq maosh belgilangan shartnoma taklif qilgan bo‘lsada, futbolchi o‘z jamoasidan ketishni istamadi. Rossiya klublaridan tushgan taklifning rad yetilish sababini Tello sovuq ob-havo bilan bog‘liq ekanligi bilan izohladi.

«Tottenhem» Dibaladan voz kechganicha yo‘q

Londonning «Tottenehem» jamaosi APL uchun transfer oynasi yopilguniga qadar «Yuventus» klubi hujumchisi Paolo Dibalani harid qilisha urunganidan xabaringiz bor.

Endilikda «shporlar» qishki transfer oynasi ochilishi bilan argentinalik futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida ikkinchi urununishni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Londonliklar ustozi Pochetinyoning shaxsan o‘zi Dibala transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
«Sky Sport» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, «Tottenhem» Dibala uchun qishki transfer oynasi ochilgach «Yuventus»ga 80 million yevro taklif qilishni mo‘ljallamoqda. Agarda, Dibala «Yuventus»ning asosiy tarkibiga kira olmasa, bu narx yana pasayishi mumkin.

«Shalke» «Barselona» futbolchiga qiziqib qoldi

«Soccer» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, Germaniyaning «Shalke» jamoasi Katoloniya super klubi himoyachisi Xuan Miranda bilan jiddiy qiziqb qolgan.

19 yoshli futbolchi jamoaning asosiy tarkibiga kira olmayotgan bo‘lsada, uning potensiyali juda yuqori. Bundesliga vakillari futbolchini ikki mavsumga ijaraga olish borasida «Barselona»ga taklif jo‘natdi.

Agarda «Barsa» o‘z himoyachisini ijaraga berishga rozi bo‘lsa, ushbu transfer ertagayoq amalga oshishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:48, 26.08.2019.
O'qildi: 10383 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.