«Real» va «Barselona» klublari sobiq futbolchisi Albert Selades «Valensiya» bosh murabbiyiga aylandi. Tomonlar 2021 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolashdi.
43 yoshli mutaxassis 2014 yildan 2018 yilgacha Ispaniya U-21 jamoasini boshqargan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda «Real»da Xulena Lopetegi murabbiylar shtabida ishlagan edi.
«Valensiya» avvalroq Marselino Garsii Toralni iste’foga chiqargan edi. Iste’foga klub xo‘jayini bilan kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.