Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Eng mashhur gol nishonlashlar

Eng mashhur gol nishonlashlar

Baho:
+ | -

Futbolchi har safar gol kiritganida, his-hayajonga to‘lib ketadi va bu golni o‘zi istaganicha nishonlashni xohlaydi. Ayrim futbolchilar bu borada o‘z imidjini yaratishlari uchun kattagina pul ham to‘lashdan qaytishmaydi. Bugun muxlislarining yodida saqlanib qolingan futbolchilarning gol nishonlanishi va buning qanday ma’no kasb etishiga biroz to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Ronaldinyo

Braziliyalik afsungar har safar gol kiritganida, bir-biridan o‘zgacha raqslar bilan nishonlashga urunsada, uning qo‘llari doim «shaka»ni ko‘rsatib turishidan xabaringiz bor. Bu belgining ommaviylashib ketishida Roni katta ro‘l o‘ynagan desak, adashamagan bo‘lamiz. Hozirda nafaqat futbolchilar balki oddiy insonlar ham «shaka»dan foydalanib suratga tushishga o‘rganib qolishgam. Aslida 21-asrning ilk yillarida Ronaldino qo‘l harakatlari orqali yangi «moda»ni olib kirdi.

Futbolchi o‘zining bu harakatlarini 90-yillarda Braziliyada mashxur bo‘lgan «Molejo» guruhi qo‘shiqchilaridan o‘zlashtirganini yashirib o‘tirmaydi. Bu guruh «Samba Rok» qo‘shig‘ini ijro etgan chog‘ida aynan «Shaka»dan foydalanishgan ekan. Futbolchi o‘z intervyularidan birida - “Men «shaka»ni ko‘rsatishim bilan quloqlarim ostida «samba Rok» qo‘shig‘I yangraydi va men asta raqsga tusha boshlayman”,- degan edi.

Andrey Arshavin

Rossiyalik futbolchi tomonidan ko‘rsatgich barmoqning lablar ustiga qo‘yilishi futbolchilar orasida juda urf bo‘lib ketganidan xabaringiz bor. Aynan Arshavin bu uslubda gol nishonlashni boshlagan deyish noo‘rin, biroq bu uslubni Andrey ommalashtirgani aniq. Futbolchidan bunday nishonlashning sababi nima deb so‘rashganida u shunday degan edi :

«Ochig‘I men tanqid eshitishni juda yomon ko‘raman. Afsuski, jurnalistlar meni dangasalikda va g‘alaba intilmaslikda noo‘rin aybalashadi. Har safar gol kiritganimda ularning so‘zlari quloqlarim ostida yangraydi va o‘zim istamagan tarzda barmog‘imni lablarim ustiga bosaman»

Darhaqiqat, Arshavin o‘z faoliyati davomida juda ko‘p bor muammolarga o‘ralashib qolgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, Rossiya terma jamoasining mag‘lubiyatga uchragan o‘yinidan so‘ng, futbol muxlisi bilan bo‘lgan suhbati internetni portlatib yuborgan edi…

Raul

Avvalari Raul maydonda uzuk bilan harakat qilar, har safar gol kiritganida qo‘llarini baland ko‘tarib uzugidan bo‘sa olar edi. Keyinchalik FIFA va UEFA futbolchilarning taqinchoqlardan foydalanishini ma’n etgach, Raul o‘z odatiga sodiq qolishda davom etdi. Futbolchining o‘zi bunday gol nishonlashning sababiga quyidagicha izoh beradi.

«Men har safar gol kiritganimda o‘zimdanda ko‘proq xursand bo‘ladigan insonim bor ekanligini his etaman. U mening turmush o‘rtog‘im! Avvalari u menga hadya qilgan uzukni o‘yin paytida ham yechmas edi. Gol kiritganimda esa, uni o‘pib qo‘yish men uchu ikki xissa quvonch baxsh etar edi. Keyinchalik, hammasi o‘zgargan bo‘lsada, mening futbolga va oilamga bo‘lgan munosabatim o‘zgarmadi. Shu sababli, men o‘z uslubimda golni nishonlashni va shu yo‘sinda yaqinlarimni xursand qilishdan to‘xtamadim»

Leo Messi

Leo YECHL finalidami, Jahon chempionatidami yoki o‘rtoqlik uchrashuvida bo‘lsada golni doim bir hil nishonlashiga o‘rganib qolganmiz. To‘g‘ri unda ba’zan istisnolar uchrab tursada, futbolchi faoliyati davomida kiritgan gollarining 90 foizini aynan bir xil uslubda nishonlagan. Uning ikki qo‘llari va ikki ko‘zi ko‘kka qaratiladi!

Messi shu yo‘sinda uning shu darajaga ko‘tarilishiga katta yordam bergan biroq, uning katta futbolda nimalar qilganini ko‘ra olmagan buvisi oldida nabiralik burchini bajarishga urunadi. Futbolchi gol nishonlash uslubi haqida shunday degan edi:

«Men shu kunga qadar erishgan barcha yutuqlarimda Buvimning o‘rni katta. Aynan ular hech kim menga ishonmaganida ham oldinga qadam tashlashim kerakligini aytgan edilar. Ming afsuski, ular hozir biz bilan emaslar. Shu sababli har gol kiritganimda unda Buvimga bag‘ishlashga harakat qilaman. Ular oldimda bo‘lmasalarda, ishonamanki, menga ko‘kdan nazar solib turibdilar»

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:21, 15.09.2019.
O'qildi: 9741 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.