“Roma” bosh murabbiyi Paulu Fonseka “Sassuolo” ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.
“Mening turmush o‘rtog‘imga Rim yoqadi, u shu yerda qolishni xohlaydi. Men Jeko bilan ko‘p gaplashdim, u biz uchun muhim futbolchi.
U gol urdi, biroq unga boshqalar ham yordam berishdi. Biz to‘pni yaxshi nazorat qildik va ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Bugun biz himoyadan chiqishda yaxshi bosim qila oldik”, - deydi Fonseka.