Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Azamat Abduraimov: «Guruhimiz chindan ham ancha murakkab»

Azamat Abduraimov: «Guruhimiz chindan ham ancha murakkab»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ertadan Toshkentda U-16 Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari start oladi. Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan saralashning “B” guruhida Hindiston, O‘zbekiston, Bahrayn va Turkmaniston o‘smirlar terma jamoasi yo‘llanma uchun bahs olib borishadi. O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ilk uchrashuvini 18 sentyabr kuni soat 16:00da “Jar” stadionida Bahraynga qarshi o‘tkazadi. Bugun saralash bahslari oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov quyidagicha fikr bildirdi:

Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston terma jamoalarini yurtimizda ko‘rib turganimdan mamnunman. Guruhimiz chindan ham ancha murakkab. Ba’zi muxlislar bizni oson guruhdan o‘rin oldi, deb o‘ylashmoqda. Lekin 15-16 yoshli bolalar futboli bilan kattalar futboli o‘rtasida tafovut mavjud. Biz guruhdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz. Oldimizga guruhda 1-o‘rinni egallash va Osiyo chempionatiga yo‘l olish vazifasi qo‘yilgan. Har bir ishtirokchi jamoaga omad tilayman va saralash bahslari turli jarohatlarsiz o‘tishini tilab qolaman.

Saralash bahslarining Toshkentda o‘tkazilishining ijobiy va salbiy jihatlari bor. Uyda devorlar ham yordam beradi. Biz oxirgi yig‘inni o‘zimizda o‘tkazdik va BAAlik tengqurlarimizga qarshi o‘ynadik.

Biz ko‘rayotgan asosiy minus jihat – bu tarkibdagi bolalarning yoshi. Ular endi 15-16 yosh va ularda hali katta o‘yinlar tajribasi yo‘q. Ota-onalar va yaqinlarning tashrifi ular uchun hayajonga sabab bo‘lishi mumkin. Ular mana shu bosim va hayajonni yenggishi talab etiladi. Biz murabbiylar shtabi aynan shu bosim va hayajon bo‘lmasligi uchun harakat qilamiz. Umid qilamanki, yigitlar o‘zlarining eng yaxshi o‘yinini namoyish etishadi, - dedi mutaxassis.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:18, 17.09.2019.
O'qildi: 4416 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.