Hujumchi Karlos Espi bu yozda «Real» emas, «Barselona» futbolchisiga aylanishi mumkin edi. Bu haqda Carrusel Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklarga 21 yoshli hujumchini yozgi transferlar oynasida 25 million yevroga sotib olish taklif qilingan. Biroq «Barselona» asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmaydigan o‘yinchi uchun bunday mablag‘ni to‘lashni istamagan.
Natijada Espi 25 million yevro evaziga «Real»ga o‘tdi. Hujumchi Madrid klubi bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.













