Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Kurtua mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Kurtua mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

YECHL doirasidagi PSJ va «Real Madrid» jamolari o‘rtasidagi uchrashuvda parijliklar yirik hisobda g‘alaba qozonganidan xabaringiz bor. Ushbu uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, klub futbolchilari jamoaning rasmiy sayti va bir nechta ispan nashrlariga intervyu berdi. Bugun ushbu intervyularni e’tiboringizga havola etamiz.

Zidan

Eng achinarlisi shundaki, ular bizni har jabhada ortda qoldirishdi. Ayniqsa, harakatchanlik va g‘alabaga bo‘lgan intilish borasida yaqqol ustunlik qilishdi. Bundan tashqari, ular vaziyat yaratishda bizdan ilgarilab ketishdi. Meni bu sira xafa qilgani yo‘q, biroq ularning kuchli bosim o‘tkazishini bilib tursakda, futbolchilar o‘yinga kirishib ketishni istashmadi va o‘yin yakuniga qadar bu ishni uddalay olishmadi. Biz 2 ta gol kiritgan bo‘lsakda, ular hakamlar tomonidan inobatga olinmadi. Hech kimni ayblashdan foyda yo‘q, sababi biz barchamiz bir kemadamiz. Hozir mag‘lubiyat haqida o‘ylashdan naf yo‘q. Oldimga qarab harakat qilish lozim

Agar biz mag‘lubiyatga uchrasak, unga barchamiz aybdormiz. Kimnidir alohida qayd etish odobdan emas.

Karim Benzema

PSJdan yirik hisobda mag‘lub bo‘lish juda og‘riqli. Bu uchrashuvdan so‘ng, «Real Madrid»ni «ko‘mib yuborish» noo‘rin. Mavsum endi boshlandi va bu YCHLning ilk turi. PSJ bilan bo‘lgan avvalgi uchrashuvlarda g‘olib chiqqan bo‘lsakda, bu bizni endilikda kuchsizlashib qolganimizni bildirmaydi. Avvalari bizda «raketa Beyl» va «to‘purar Ronaldu» qo‘shimchasiga men ham bor edim. Avvalari Ronaldu jamoamizning hujumchisi bo‘lsa, men maydonda tamomila boshqa vazifani bajarar edim. Uning gol urishi uchun chap qanotda to‘p surishim va unga maydon markazida bosh zona yaratishim ko‘zda tutilar edi. Ba’zan o‘sha davrlarni sog‘inaman.

Kurtua

Endilikda biz sovuq bosh bilan o‘ylab olishimiz, va kelajak rejalarini tuzishimiz lozim. Ochig‘i o‘yindan so‘ng, bizni sustkashlikda aybalashmoqda, biroq buni to‘g‘rlashning iloji bor. Biz o‘z o‘yinimizni yanada kuchaytirishimiz lozim. O‘tgan bahsda, PSJ bizga nisbatan ancha tajovuzkor ko‘rindi va haqli ravishda g‘olib chiqdi. Murabbiyi o‘yin oldidan jarihat olgan futbolchilar haqida o‘ylamaslikni va bor e’tiborimizni maydonga qaratishimizni va shu tarkib ham barcha narsaga qodir ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Biz bir jamoa bo‘lib hujum qilishimiz va bir jamoa bo‘lib himoyalanishimiz kerak. Birinchi golda markaziy himoya to‘liq bo‘sh qoldirilgan edi. Di Maria esa, kuchli va aniq zarba yo‘lladi.
Maydondagi barchanin o‘yin davomida o‘z vazifasi mavjud. Barcha o‘z ishini qilishi darkor. Darvozabon sifatida gol o‘tkazib yuborganimda afsusklanaman, biroq bu gollarda faqat meni ayblash adolatdan emas. To‘g‘risi faqat mening emas, jamoaning ham o‘yini umuman chiqmadi. Mag‘lubiyatda faqat meni ayblash noo‘rin.

Manba: Fut Bazza
Kiritildi: 22:15, 19.09.2019.
O'qildi: 8539 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.