Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Germaniya tarixidagi eng kuchli futbolchilar

Germaniya tarixidagi eng kuchli futbolchilar

Baho:
+ | -

Eng mashxur sport nashrlaridan biri sanaladigan «Germania.one» nashri «nemis mashinasi» tarixidagi eng kuchli futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Atigi 11 ta futbolchigina joy topilgan ro‘yxatdagi futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz. (1-qism)

Frans Bekkenbauer



Bu inson chinakamiga xalq qahramoni desak, adashmagan bo‘lamiz. U terma jamoa safida 100 dan ortiq o‘yinda ishtirok etibgina qolmay, terma jamoa uchun muhim tarixiy g‘alabalarga katta xissa qo‘shgani bilan ajralib turadi.

Avvaliga 1974-yilda futbolchi sifatida mundialda g‘olib chiqqan bo‘lsa, 1990-yilda murabbiy sifatida yana bir bor dunyoda tengsiz ekanligini isbotlab qo‘ygani tahsinga sazovar. Hozirda qahramnimiz ot sporti bilan juda qiziqb qolgan va yarim professional tarzda ushbu sport bilan shug‘ulanib kelmoqda.

Lotar Matteus


Yarim himoyachi va himoyachi sifatida ajoyib o‘yinlari bilan yodimizda qolgan futbolchi Germaniya tarixidagi eng kuchli 11 futbolchidan biri ekanligiga hech kimni hayron qoldirmasligi aniq.

Terma jamoa safida 150 ta o‘yin o‘tkazgan Matteus 1990-yilda bo‘lib o‘tgan JCHda g‘olib chiqadi va o‘z faoliyatida keskin burulish yasaydi.
 

Keyinchalik o‘z faoliyatini bir nechta top klublarda davom ettirgan futbolchi butsalarini mixga ilgachg, endilikda dizaynerlik bilan shug‘ullanmoqda. Uning maydonda jangchilar singari kurash olib borishi va mehnatkashligi tufayli uni barcha xurmat qiladi. Lotar nemis futbol ishqibozlarining chinakam erkatoy futbolchilaridan biri sanaladi.

Zepp Mayer


Bundestim safida doimmo kuchli darvozabonlar bo‘lgan. Shunday bo‘lsada ular orasida Zepp Mayerni aloxida ta’kidlab o‘tish lozim.

Uni 1974-yildagi JCHning chinakam qahramonlaridan biri desak, adashamagan bo‘lamiz. 17 yoshga to‘lguniga qadar mashina tuzatish bilan shug‘ullangan o‘spirin futbolga kech kirib kelgan bo‘lsada, o‘zidan nom qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

2008-yilda nemis muxlislari tomonidan hamma zamonlarning eng kuchli darvozaboni unvoni uchun o‘tkazilgan ommaviy so‘rovnomada aynan Zepp Mayer g‘olib chiqqan va u katta farq bilan Olver Kanni o‘rtda qoldirgan edi.

Toni Kroos


Bir qarashda hayratlanarli tanlov, biroq bu yigit allaqachon o‘z nomini futbol tarixiga oltin harflar bilan yozib qo‘ygan.

U 2014-yilgi mundialda chempion bo‘libgina qolmay, ketma-ket 3 bor ECHLda g‘olib chiqqanni bilan ham Germaniyalik muxlislarni quvontirgan edi. Toni juda bosiq inson va na’munali oila boshlig‘I ham hisoblanadi. Umuman olganda, Kroos nemis futbolidagi tirik afsnalardan biri

Miroslav Kloze

Asli polshalik bo‘lsada, Fransiyadan Germaniyaga ko‘chib kelgan Kloze ushbu yurt tarixidagi eng kuchli 11 futbolchidan biri bo‘lib yetishadi deb kim ham o‘ylabdi?!

 To‘g‘ri, terma jamoa safida doimmo kuchli hujumchilar bo‘lgan biroq, ularning hech biri Kloze singari o‘ta muhim gollarni urgani bilan yodda qolmagan. JCH tarixida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi sifatida tarixdan jy olgan qahramonimiz 34 yoshda ham to‘purarlik mahoratini yo‘qotmagani e’tiborga molik.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:18, 21.09.2019.
O'qildi: 4507 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.